Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«So‘g‘diyona» va «Nasaf» klubi bosh murabbiylari va futbolchilari diskvalifikasiya qilindi

«So‘g‘diyona» va «Nasaf» klubi bosh murabbiylari va futbolchilari diskvalifikasiya qilindi

Baho:
+ | -

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda bir qator futbolchi hamda rasmiylarga nisbatan tartib-intizom choralari belgilandi.

Jumladan, Oʻzbekiston kubogi nimchorak final doirasidagi “Soʻgʻdiyona” – “Nasaf” uchrashuvida “Soʻgʻdiyona” jamoasining bosh murabbiyi Ulugʻbek Baqoyev oʻyin davomida bir necha bor hakamlar jamoasi qaroridan oʻz noroziligini qoʻpol tarzda bildirgan. Uchrashuv yakunidan soʻng esa “Nasaf” jamoasining 92-raqamli futbolchisi Umar Eshmurodov bilan oʻzaro tortishib qolib ommaviy janjal kelib chiqishiga sabab boʻlgan. Bu esa uchrashuv yakunidan soʻng muxlislar tomonidan uchrashuv rasmiylari va futbolchilariga har xil buyumlar uloqtirilishiga sabab boʻlgan. Tartib-intizom qoʻmitasining qaroriga koʻra, “Soʻgʻdiyona” jamoasi vakillari Ulugʻbek Baqoyev hamda Bahodir Nasimov, shuningdek, “Nasaf” klubi futbolchisi Umar Eshmurodovlar 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilindilar va ularga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Oʻzbekiston kubogi chorak final bosqichida “Soʻgʻdiyona” — “Nasaf” futbol klublari oʻrtasidagi uchrashuv vaqtida “Soʻgʻdiyona” futbol klubi muxlislarini muxlislik madaniyatidan chetga chiqib, stadionga turli buyumlarni uloqtirgani, stadion va unga yondosh hududlarda tartibsizliklar keltirib chiqargani, jamoa rasmiy shaxslari tomonidan stadionda tartibsizliklar kelib chiqishiga sabab boʻlgan nojoʻya xatti-harakatlar sodir etilgani uchun Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Intizom kodeksining 5.4-bandlariga muvofiq “Soʻgʻdiyona” futbol klubiga nisbatan Superliganing 25-tur doirasidagi “Soʻgʻdiyona” — “Nasaf” uchrashuvini tomoshabinlarsiz oʻtkazish intizom chorasi qoʻllanildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Superligasining 23-turi doirasidagi “Andijon” — “Nasaf” uchrashuvida mehmonlar bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyev oʻyinning 70-daqiqasida hakamlar jamoasidan oʻz noroziligini bildirib, jamoani maydondan olib chiqib ketmoqchi boʻlgani, lekin bir necha daqiqalik muzokaralardan soʻng u bilan uchrashuvni davom ettirishga kelishilgani, natijada Intizom kodeksining bir necha bandlarini buzilgani aniqlandi. Bundan tashqari, Roʻziqul Berdiyev uchrashuvning 90+3 daqiqasida muxlislarga nisbatan nojoʻya soʻzlar ishlatgani, ushbu holat bilan ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilik eʼtiroziga sabab boʻlgani uchun Roʻziqul Berdiyev 2 ta oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi va unga nisbatan jarima intizom chorasi qoʻllanildi.

Qoʻmitaga “Bunyodkor” futbol klubi tomonidan xat kelib tushgan. Unda “Bunyodkor” futbol klubi Superliganing 22-tur doirasidagi “Navbahor lochinlari” — “Bunyodkor” uchrashuvida “Navbahor lochinlari” jamoasi futbolchisi Sardor Telyakov uchrashuvning 19-daqiqasida raqib oʻyinchisiga nisbatan oʻyin qoidasini jiddiy tarzda buzgani, lekin bu vaziyatda hakam Sardor Telyakovga nisbatan hech qanday ogohlantirish yoki chetlatish qoʻllamaganligi taʼkidlangan. “Bunyodkor” futbol klubi Tartib-intizom qoʻmitasidan Sardor Telyakov nisbatan tegishli chora koʻrishni soʻragan.

“2021-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Professional futbol ligasi tomonidan oʻtkaziladigan musobaqalar Reglamenti”ning 16.3-bandida belgilangan muddatda kiritilmagan hamda uchrashuv qaydnomasida qayd etilmagan shikoyat yoki eʼtirozlar koʻrib chiqilmasligi qayd etilgani uchun Tartib-intizom qoʻmitasi “Bunyodkor” futbol klubining mazkur shikoyat xatini koʻrib chiqilmasligini lozim topadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 17:01, 11.11.2021.
O'qildi: 5517 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.