Kirish Ro'yxatdan o'tish

«PSJ» Ramosning tiklanishi uchun 4 oy vaqt ketishini kutmagandi

«PSJ» Ramosning tiklanishi uchun 4 oy vaqt ketishini kutmagandi

Baho:
+ | -

«PSJ» himoyachisi Serxio Ramos yozda klub bilan shartnoma imzolaganiga qaramay, hamon jamoa safida debyut qilmadi.

Bu esa parijliklar prezident Nossir al-Helayfiyga yoqmadi. Klub xo‘jayini bu borada jamoa shifokorlar shtabiga o‘z e’tirozini bildirdi.

"Futbolchining tiklanishi bunchalik cho‘zilib ketishini kutmagandik. Uning sog‘ayishi uchun 1-2 oy ketadi, deb o‘ylagandik — 4 oy emas. Ammo Ramos hozirda to‘g‘ri yo‘ldan ketmoqda. U va klub o‘rtasidagi munosabatlar joyida. Ramos maydonga qaytishiga va yuqori formaga chiqishiga ishonchimiz komil", — dedi klubga yaqin manba.

Eslatib o‘tamiz, Ramos joriy haftadan "PSJ"ning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi.

Manba: isport.ua
Kiritildi: 20:48, 11.11.2021.
O'qildi: 2479 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик