Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Avaz Berdiqulov: "Rejalashtirilayotgan ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasi oldidan ushbu musobaqani o‘tkazdik"

Avaz Berdiqulov: "Rejalashtirilayotgan ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasi oldidan ushbu musobaqani o‘tkazdik"

Baho:
+ | -

Osiyo futbol Konfederasiya musobaqalarni o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i, hamyurtimiz Avaz Berdiqulov ayollar klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionati-2021 musobaqasini o‘tkazish uchun Iordaniyaning Aqaba shahriga kelgan. O‘zPFL matbuot xizmati ayollar futboli va OFKning ushbu yo‘nalish bo‘yicha rejalari haqida qiziqdi.

- OFK ushbu turnirni ikkinchi marta o‘tkazdi. Birinchi marta 2019 yil tashkillashtirilgan edi.

Ayollar klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionatini o‘tkazishdan asosiy maqsad — jamoalarning qanchalik tayyorligi, ularga qay darajada bu turnir qiziqarli ekanligini ko‘rish edi.

Ilk bor bu turnirni 2019 yil birinchi beshlikka kiradigan davlatlar jamoalari uchun tashkil qilgan edik. Xitoy, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yaponiya davlatlaridan ayollar futbol klublari qatnashgan.

Koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yilda bu musobaqa o‘tkazilmadi.

2021 yilda esa ASEAN va G‘arbiy zonadan bittadan guruh bo‘lishi kerak edi. Laos, Vyetnam, Indoneziya va Tailand jamoalari o‘z davlatlarida pandemiya davom etayotgani sababli joriy yil turnirda ishtirok eta olmadi.

Reja bo‘yicha har ikki guruh chempioni 23 noyabr kuni Ar-Riyodda o‘tadigan erkaklar Osiyo Chempionlar ligasi final uchrashuvi boshlanishidan oldin huddi shu stadionda, erkaklar finalida hukm suradigan atmosferada katta final uchrashuvini o‘tkazish edi. Bu futbolchi qizlar uchun katta motivasiya bo‘lar edi. Bundan tashqari, shu o‘yin orqali kelajakda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan ayollar Chempionlar ligasi musobaqasiga katta kompaniyalarning qiziqishini orttirish, turnirga homiylar topish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lar edi. Ushbu rejani keyingi yilga amalga oshirishga harakat qilamiz.

Joriy yilgi turnirda barcha jamoalar chiroyli va shiddatli o‘yin ko‘rsatishdi. Barcha jamoalar g‘olib bo‘lishga bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Bu bizni quvontirdi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:20, 14.11.2021.
O'qildi: 3959 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.