Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

JCH-2022 saralashi. Yevropa mintaqasi. Bugun va ertangi uchrashuvlar

JCH-2022 saralashi. Yevropa mintaqasi. Bugun va ertangi uchrashuvlar

Baho:
+ | -


Dushanba hamda seshanba kunlari kelasi yil Qatarda bo‘ib o‘tadigan Jahon chempionati uchun Yevropa qit’asidagi saralash guruh bosqichlarining so‘nggi o‘yinlari o‘tkaziladi. Guruh g‘oliblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri mundialga yo‘l olsa, 10 guruhdagi barcha ikkinchi o‘rin sohiblari hamda Millatlar Ligasi guruhida eng yuqori reyting bilan tugatgan ikki terma jamoa ham pley-off bahslarida ishtirok etadi va 12 jamoadan to‘rttasi Jahon chempionati chiptasiga ega chiqadi.

Demak, bugun va ertaga bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlar ro‘yxati bilan tanishib oling.

 

Dushanba, 15 noyabr

C guruhi: Shimoliy Irlandiya - Italiya, Shveytsariya - Bolgariya
F guruhi: Avstriya - Moldova, Isroil - Farer orollari, Shotlandiya - Daniya
I guruhi: Albaniya - Andorra, Polsha - Vengriya, San Marino - Angliya

Seshanba, 16 noyabr

D guruhi: Bosniya - Ukraina, Finlandiya - Fransiya
E guruhi: Chexiya - Estoniya, Uels - Belgiya
G guruhi: Gibraltar - Latviya, Chernogoriya - Turkiya, Niderlandiya - Norvegiya

Barcha uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan 00:45da boshlanishi rejalashtirilgan.

Eng katta o‘yin

Niderlandiya hamda Norvegiya terma jamoalari o‘rtasidagi bahs katta ahamiyatga ega. Skandinaviyaliklar Xolandsiz o‘tgan turda Latviyani mag‘ub eta olmaganidan (0:0) keyin guruhda uchinchi o‘ringa tushib ketdi. Jamoa hisobida 18 ochko bor va shuncha ochkoga ega Turkiyadan to‘plar nisbatiga ko‘ra ortda bormoqda. Niderlandiya esa 20 ochko jamg‘argan. 

Italiya hamda Shvetsariya ham guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinda borishmoqda. To‘plar nisbatiga ko‘ra, Yevro-2020 g‘oliblari guruhda peshqadamlik qilishmoqda. Italiya Shimoliy Irlandiyani mag‘lub etib, mundial yo‘llanmasini naqd qilmasa, pley-offda o‘ynashi va yana 4 yil oldingi holat (Shvesiyaga mag‘lubiyat va Jahon chempionati yo‘llanmasidan quruq qolish) takrorlanishi ham hech gap emas.

Muddatidan oldin Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Fransiya Finlandiyani mag‘lub etsa hamda Ukraina Bosniya maydonidan uch ochko bilan qaytadigan bo‘lsa, ukrainaliklar ham pley-offda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Hozirda Fransiyada 15, Finlandiyada 11, Ukrainada esa 9 ochko mavjud. Bosniya 7 ochkoga ega. Qozog‘iston 3 ochko bilan so‘nggi o‘rinni band etgan.

Angliya guruhda birorta ochko to‘play olmagan San-Marinoga qarshi bahsda durang natija qayd etsa ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Bu holatda Polsha ikkinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oladi. Hozirda inglizlarda 23, polshaliklarda 15 ochko bor. Albaniya (10) hamda Vengriya (9) mos ravishda uchinchi va to‘rtinchi pog‘onalardan joy olishgan.

 

Manba: uefa.com
Kiritildi: 11:54, 15.11.2021.
O'qildi: 3596 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик