Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Ravshan Ermatov sport tibbiyoti masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Ravshan Ermatov sport tibbiyoti masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar akademiyalari rahbarlari va tibbiyot xodimlari, shuningdek, taniqli sport diyetologlari va turli yoshdagi jamoalarning tibbiyot xodimlari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Yig‘ilish avvalida har qanday jamoaning asosini akademiya va bolalar futboli tashkil etishi, shuning uchun ham bolalarning jismoniy va psixologik holati birinchi o‘rinda turishi kerakligi ta’kidlandi.

«Biz yillar davomida bunga yetarlicha e’tibor bermadik. O‘zbek futbolining kelajagi yo‘lida rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqib, mamlakatimizning barcha akademiyalari uchun mo‘ljallangan yagona tibbiyot tizimini ishlab chiqish zarur, farzandlarimiz Yevropadagi tengdoshlaridan hech qanday kam bo‘lmasligi, jismonan sog‘lom bo‘lib yetishishlari va ruhan futbolchilik faoliyatiga tayyor bo‘lishlari lozim», — dedi Ravshan Ermatov.

Uchrashuv davomida mutasaddilarga akademiyalarda kompleks vitaminizasiyani yo‘lga qo‘yish, musobaqalarga jismoniy tayyorgarlik ko‘rish va futbolchilarning ovqatlanish jarayonini alohida nazorat ostiga olish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, mazkur yo‘nalishda tibbiyot xodimlarining maslahatlari bo‘yicha ishchi guruh tuzishga kelishib olindi. Bu borada malakali mutaxassislarni jalb etish va akademiyalar bilan birgalikda muntazam ravishda onlayn o‘quv seminarlar o‘tkazib borishga kelishib olindi.

Manba: UFA
Kiritildi: 13:48, 18.11.2021.
O'qildi: 1079 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик