Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Zohid Abdullayev: «Biz sizni stadionda kutamiz, aziz bekobodliklar!»

Zohid Abdullayev: «Biz sizni stadionda kutamiz, aziz bekobodliklar!»

Baho:
+ | -

Qadrli bekobodliklar, aziz futbol ixlosmandlari! Millionlar o‘yini – futbolga kirib kelganimga yigirma yildan oshdi. Faoliyatim davomida ko‘plab muhim uchrashuvlarda maydonga tushdim. O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb etildim. Serquyosh Vatanimiz, qadrdon shahrim – Bekobod sharafini qo‘limdan kelgunicha, baholi qudrat himoya etdim. Bir necha yillar jamoamizning to‘purari bo‘ldim. Bekobodlik futbolchilar orasida birinchi bo‘lib raqiblar darvozasiga 100 dan ziyod gol kiritdim. "Gennadiy Krasniskiy klubi" a’zosiga aylandim.

Ammo rostini aytaman, faoliyatim davomida shu yilgi - 2021 yilgi mavsumning Bekoboddagi oxirgi uchrashuvi – Superliga debyutanti "Turon" jamoasiga qarshi bahschalik muhim o‘yin bo‘lmagan. Barchamiz uchun qadrdon bo‘lgan "Metallurg" jamoamiz kuchlilar safidagi mavqeini saqlab qolish uchun kurashayapti. Bizga qolgan ikki uchrashuvda G‘ALABA – ochkolar suv va havodek zarur! G‘alabani qo‘lga kiritish yo‘lida esa biz Sizlarning – jamoamizning o‘n ikkinchi o‘yinchisining yordamiga muhtojmiz. Agarda Siz azizlar 2021 yilning 21 noyabr kuni soat 16:00 dan "Metallurg" markaziy stadioniga kelsangiz, tribunalarni to‘ldirib o‘tirsangiz, to‘qson daqiqa davomida yigitlarimizni tinmay qo‘llab quvvatlab tursangiz, barchamiz uchun muhim bo‘lgan vazifani bajarish osonroq kechadi. Siz azizlarning ruhiy madadingiz yigitlarimizga qo‘shimcha kuch, quvvat bag‘ishlaydi. Motivasiyani oshiradi. Barchamiz orziqib kutayotgan G‘ALABA eshiklari ochiladi, In Sha Alloh!

Shu o‘rinda eslatib o‘taman, 25-turdan o‘rin olgan "Turon" jamoasiga qarshi o‘yin soat 16:15 da boshlanadi. Stadion eshiklari barcha xoxlovchilar – aziz muxlislarimiz uchun ochiq. Uchrashuvga kirish bepul.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 21:46, 19.11.2021.
O'qildi: 1332 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.