Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Kun dayjesti: Neymar “Barselona”da? Zidan nega "MYU"ni rad etdi, O‘zbekiston Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi

Kun dayjesti: Neymar “Barselona”da? Zidan nega "MYU"ni rad etdi, O‘zbekiston Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi

Baho:
+ | -

Haftaning asosiy xabarlari haqida xabar berishda davom etamiz. Bugun erta tongda professional bokschimiz Murodjon Ahmadaliyev g‘alaba qozondi, nega Zinedin Zidan “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi bo‘lish fikridan voz kechgan, O‘zbekiston futzal terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi va shu kabi xabarlar haqida “Stadion.uz” nashri dayjestida.

 

Neymar “Barselona”ga qaytishi mumkin

 

Dani Alves “Barselona”ga qaytdi. Braziliyalik futbolchining tanishtiruv marosimida klub prezidenti Joan Laporta Andres Inyesta va Lionel Messini “ko‘k-anorranglilar” safiga qaytarish variantini istisno etmadi. Ayni paytda, yana bir yulduz futbolchi - Neymarning Kataloniya klubiga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi. Taxminlarga ko‘ra, PSJ rahbarlari braziliyalikning klubdagi sikli allaqachon o‘tib ketgan va asosiy o‘yinchidan u muammoli futbolchiga aylangan deb hisoblamoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, Parij prezidenti Nosir Al-Xelayfi allaqachon Neymarni Premyer-liga klublari va “Barselona”ga taklif qilgan.

 

Sulsher qachon ishdan bo‘shatiladi?

 

Ole-Gunnar Sulsherning “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligidan ketishi haqidagi mish-mishlar paydo bo‘lmoqda. Shu haftada Angliya matbuotida “qizil iblislar” rahbarlari allaqachon murabbiyni almashtirishga hozirlik ko‘rayotgani xabar qilingandi. Sulsherning hali ham murabbiylki lavozimida qolayotganiga sabab klubda uning o‘rniga nomzod yo‘q. Nomzod topilishi bilanoq, 3 yillik faoliyati davomida jamoa bilan jiddiy o‘sishga erisha olmagan norvegiyalik murabbiy iste’foga chiqadi.

 

Zidanni xotini “Manchester Yunayted”ni boshqarishga ruxsat bermadi

 

“Manchester Yunayted” murabbiylar postida bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar haqida gapirishni davom ettirar ekanmiz, Zinedin Zidanning ismi va familiyasi matbuotda muntazam ravishda paydo bo‘lishiga o‘rganib qoldik. Hammaga ma’lumki, fransuz o‘tgan mavsum oxirida “Real”ni tark etganidan keyin, hamon ishsiz. Mish-mishlarga ko‘ra, “Manchester Yunayted”ni Zidan varianti qiziqtirmoqda, ammo murabbiyning turmush o‘rtog‘i bu kelishuvga qarshi ekanligi xabar qilinmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, fransuzning rafiqasi Veronika Manchesterga ko‘chib o‘tishni istamaydi. Shuningdek, Zinedin o‘zi ham uzoqroq dam olishni, keyin esa boshqa joyda ishlashni ma’qul ko‘rmoqda.

 

Murodjon Ahmadaliyev chililik bokschini mag‘lub etib, chempionlik kamarlarini himoya qildi

 

Professional boks bo‘yicha ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (10-0, 7 KO) 20 noyabr tongida AQSHda navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Manchesterda (Nyu-Gempshir shtati) bo‘lib o‘tgan jangda Murodjon Ahmadaliyevga chililik Xose Velaskesga qarshi raqiblik qildi. To‘liq raund davom etgan bahsda Murodjon ochkolar hisobida (119-109) g‘alaba qozonib, o‘z kamarlarini himoya qildi. Dastlabki 6 raund davomida Ahmadaliyev ustunlikka erishgan bo‘lsa, 7-raundga kelib, Velaskes ham faollik ko‘rsatdi va bir qator zarbalar yo‘lladi. Oxirgi raundlarda har ikkala jangchi ham ustunlikni o‘z tomoniga og‘dirishga harakat qildi. Biroq Murodjon Velaskesga nisbatan faolroq harakat qilib, g‘alabani rasmiylashtirdi.

 

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Nursultonda Qozog‘iton bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

 

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qozog‘iston bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi, deb xabar beradi O‘zbekiston futbol assosiasiyasi. 

Manbaga ko‘ra, O‘zbekiston futzal terma jamoasi 14-15 dekabr kunlari Qozog‘iston poytaxti Nursulton shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.

Ushbu yig‘in davomida vakillarimiz Qozog‘iston terma jamoasi bilan 2 marotaba o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Ma’lumot o‘rnida,  joriy yilning sentyabr oyida Litvada o‘tkazilagan futzal bo‘yicha jahon chempionatida Qozog‘iston 4-o‘rinni egalladi. Bronza medal uchun kechgan bellashuvda qo‘shnilarimiz Braziliyaga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. O‘zbekiston vakillari esa 1/8 finalda Eronga 8:9 hisobida mahlub bo‘lib, musobaqani tark etgan.

 

 

Kiritildi: 12:13, 20.11.2021.
O'qildi: 7311 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.