Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

«Lion» — «Marsel» uchrashuvi hakami nima uchun o‘yinni to‘xtatganiga izoh berdi

«Lion» — «Marsel» uchrashuvi hakami nima uchun o‘yinni to‘xtatganiga izoh berdi

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan «Lion» va «Marsel» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqarib borgan hakam Ruddi Bukke o‘yinda yuz bergan hodisa sabab o‘yinni nima uchun to‘xtatishga qaror qilganiga izoh berdi.

Eslatib o‘tamiz, bahsning ilk daqiqalarida mehmonlar yarim himoyachisi Dmitri Payet burchak zarbasini o‘yinga kiritishga tayyorgarlik ko‘rayotgan paytda tribunadan uloqtirilgan suv idish uning boshiga tegdi. Hakam esa o‘yinni bekor qildi va jamoalarni tribuna ostiga olib kirib ketdi. Oradan 2 soat o‘tib bahsni butunlay bekor qilish haqida qaror qabul qilindi. «Lion» prezident Jan-Mishel Olaning aytishicha, referi bahsni davom ettirmoqchi bo‘lgan, ammo «Marsel» vakillarining bosimi ostida o‘z qarorini o‘zgartirgan.

«Barchasi boshqacha bo‘lishini istagandik, ammo men avval boshdanoq o‘yinni davom ettirmaslik haqida qaror qabul qildim. Yig‘ilish paytida muxlislar tomonidan tartibsizlik yuzaga kelish xavfi borligi tilga olindi. Birinchi navbatda shuni inobatga oldik. Ishonchim komil, o‘yinni davom ettirmaslik haqidagi qarorim to‘g‘ri edi.

Men bunday qarorni ochiq-oydik soprt sabablariga ko‘ra qabul qildim. Xavfsizlik borasida ko‘p omillarni inobatga olish kerak edi: to‘la stadion, o‘yinchilarni evakuasiya qilish… Ammo yakuniy qarorni men qabul qildim», — dedi Bukke.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 16:32, 22.11.2021.
O'qildi: 1858 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.