Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Shukurov gol urgan, Masharipov jarohat olgan haftada qolgan legionerlarimiz qanday natijalar qayd etishdi?

Shukurov gol urgan, Masharipov jarohat olgan haftada qolgan legionerlarimiz qanday natijalar qayd etishdi?

Baho:
+ | -

O‘z faoliyatini Yevropa va Osiyoning bir qator jamoalarida faoliyatini davom ettirayotgan legionerlarimizning o‘tgan hafta qayd etgan natijalari bilan tanishing.

Saudiya Arabistoni. Jaloliddin Masharipov ("An-Nasr")

Saudiya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan uchrashuvlardan birida hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "An-Nasr" o‘z maydonida "Ar-Riyod" jamoasini qabul qildi va 2:2 hisobida jangovar durangga imzo chekdi. Masharipov 67-daqiqada zahirada maydonga tushdi va oradan 7 daqiqa o‘tar-o‘tmas jarohat sabab zahiraga olindi. Uning qancha vaqtga safdan chiqqanligini ma’lum emas.

BAA chempionati. Otabek Shukurov ("Sharja")

"Sharja"ning asosiy yarim himoyachilaridan biriga aylanib ulgurgan Otabek Shukurov ushbu haftada jamoasi bilan "Xur-Fakkan" mehmoni bo‘ldi. Quvonarlisi, yurtdoshimiz 90 daqiqa to‘liq o‘yin o‘tkazdi va 1 golni hisobiga yozdirib qo‘ydi.

BAA chempionati. Aziz G‘aniyev ("Shabab Al-Axli")

Arab diyorlarida to‘p surayotgan yana bir vakilimiz Aziz G‘aniyev bo‘ladi. U harakat qilayotgan "Shabab Al-Axli" klubi Birlashgan Arab Amirliklari 1-divizioni 10-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "An-Nasr" mehmoni bo‘ldi. O‘yin 1:1 hisobida durang natija bilan yakunlandi. G‘aniyev zahirda qoldirildi.

Qozog‘iston. Igor Sergeev ("Tobol")

Yana bir milliy terma jamoamiz a’zosi Igor Sergeev faoliyatini qo‘shni Qozog‘istonda davom ettirayotganidan xabaringiz bor. "Tobol" jamoasi sharafini himoya qilayotgan Igor o‘tgan hafta jamoasi bilan birga Qozog‘iston kubogi yarim final javob o‘yinini o‘tkazdi. O‘z maydonida "Shaxtyor Qarag‘anda" klubiga qarshi o‘yinda to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qilgan Sergeev samarali harakatlar amalga oshirmadi. Jamoasi esa 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi va kubokdagi ishtirokini yakunladi.

Belorus chempionati. Bobur Abdihaliqov va Shahzod Ubaydullayev ("Energetik-BGU")

Yevropa maydonlarida harakat qilayotgan futbolchilarimizga e’tibor qaratamiz. O‘z safida ikki nafar o‘zbekistonlik futbolchilar bilan harakat qilayotgan Belorusning "Energetik-BGU" jamoasi ortda qolgan haftada milliy chempionat doirasida navbatdagi o‘yinini o‘tkazdi. O‘z maydonida "Slaviya Mozri" klubini qabul qilgan jamoa 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Bobur Abdihaliqov bahsda 56 daqiqa harakat qilgan bo‘lsa, Shahzod Ubaydullayev to‘liq o‘yin o‘tkazdi va o‘z hisobiga 1 gol yozdirib qo‘ydi.

Rossiya chempionati. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev ("Nijniy Novgorod")

Rossiya Premyer-ligasida harakat qiladigan terma jamoamiz a’zosi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev "Nijniy Novgorod" safida navbatdagi o‘yinda maydonga tushdi. Chempionat peshqadami "Zenit" uyida mexmon bo‘lgan novgorodliklar yirik 5:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ibrohimxalil to‘liq o‘yin o‘tkazdi va 1 golli uzatmani amalga oshirdi.

Italiya chempionati. Eldor Shomurodov ("Roma")

"Roma"ning ketma-ket ikkinchi uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushgan Eldor Shomurodov afsuski, o‘yinda samarali harakatlar amalga oshirmadi. O‘zining sobiq jamoasi "Jenoa"ga qarshi o‘yinda 75 daqiqa o‘ynagan Shomurodov o‘ringa maydonga tushgan Afena-Gyan o‘yinda dubl qayd etib "bo‘rilar" g‘alabasini ta’minladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:54, 22.11.2021.
O'qildi: 3054 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.