Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

O‘zbekiston kubogi. AGMK – "Nasaf". Prevyu

O‘zbekiston kubogi. AGMK – "Nasaf". Prevyu

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionati hamda kubok doirasida 2008 yildan buyon davom etayotgan qarama-qarshilik: AGMK - "Nasaf" to‘qnashuvida 34-bellashuv.

Hozirga qadar o‘tkazilgan 33 uchrashuvda olmaliqliklar 7 g‘alaba, 12 durang va 14 mag‘lubiyat qayd etgan. Bu borada ustunlik raqib — "Nasaf" tarafida. To‘plar nisbati ham qarshiliklar foydasida: 30-47.

"Nasaf" joriy mavsum Superligada sovrindor bo‘lish uchun AGMKga raqobat qilmoqda. Chempionatda ham yonma-yon ketayotgan va mavsum davomida o‘zaro jiddiy raqobatga kirishgan bu ikki jamoalar endilikda mamlakat kubogi finali yo‘lida Olmaliqda to‘qnashmoqda.

Chempionat sovrindori bo‘lish uchun kurashayotgan jamoalar mavsumni kubok bilan tugatishni ham niyat qilgan. AGMK O‘zbekiston kubogi doirasida hali "Nasaf"ga mag‘lub bo‘lmagan. Lekin qarshiliklar bir marta AGMKni kubok musobaqasidan chiqarib yuborishgandi.

Jamoalar dastlab 2009 yilgi kubokda to‘qnash kelishgan va o‘shanda asosiy vaqtda g‘olib aniqlanmagach penaltilar seriyasida (6:7) omad "Nasaf"ga kulib boqqan.

AGMK O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan 2018 yili nimchorak finalda "Nasaf"ni dog‘da qoldirib, chorak finalga yo‘llanma olgan va keyinchalik O‘zbekiston kubogi sohibiga aylangandi.

AGMK va "Nasaf" jamoalarining O‘zbekiston kubogi doirasidagi o‘yinlari:

2009 yil
O‘zbekiston kubogi, 1/8 final.
AGMK - "Nasaf" 1:1 (pen: 6:7)

2018 yil
O‘zbekiston kubogi, 1/8 final.
AGMK - "Nasaf" 2:1
Gollar: Otabek Zokirov (28), Yovan Jokich (30) - Saydullo Rahmatov (74)

2020 yil
O‘zbekiston kubogi, yarim final.
AGMK — «Nasaf» 1:0
Gol: Abdurahimov (16)


Ertangi bahs AGMK va "Nasaf" jamoalarining O‘zbekiston kubogidagi to‘rtinchi to‘qnashuviga aylanadi. AGMK joriy mavsum O‘zbekiston kubogida dastlab "Neftchi"ni (6:1), keyinchalik "Qizilqum"ni (3:2) musobaqadan chiqarib yubordi. "Nasaf" esa guruh bosqichida «Rubin», «Bunyodkor» va «So‘g‘diyona» bilan tushib, undan muvaffaqiyatli o‘tdi va pley-offda "Metallurg" va "So‘g‘diyona" ustidan g‘alaba qozondi.


O‘zbekiston Kubogi, yarim final.
24 noyabr, chorshanba
AGMK — «Nasaf» (14:30)
Olmaliq, OKMK sport majmuasi.

Manba: AGMK matbuot xizmati
Kiritildi: 05:10, 23.11.2021.
O'qildi: 2186 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик