Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

FMTMda O‘FAning “C” lisenziyasi bo‘yicha murabbiylik kursi davom etmoqda

FMTMda O‘FAning “C” lisenziyasi bo‘yicha murabbiylik kursi davom etmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan mamlakatimizda murabbiy, selesioner (skaut), tahlilchi, hakam, marketolog, psixolog va futbol menejeri kabi yuqori malakali futbol mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida qator tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Ushbu yo‘nalishlarda markaz tashkil etilib, xorijiy va mahalliy tajribali mutaxassislar yordamida o‘zbek futbolining turli sohalarida faoliyat yuritadigan yetuk kadrlarni tayyorlash maqsad qilingan.

Ayni kunlarda Toshkent shahrida O‘FAning “C” lisenziyasi bo‘yicha murabbiylik kursi davom etmoqda. Mazkur kursda 18 nafar murabbiylar 6 kun davom mutaxassislaridan o‘z sohalariga oid tajriba va ko‘nikmalarini egallab borishmoqda. Darslarda instruktorlik vazifasini Shamil Iseev bajarmoqda. Unga Dauletbay Djalimov assistentlik qilmoqda. Koordinator vazifasini esa Rustam Tagayev bajarmoqda.

Bugun O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov ushbu kursning navbatdagi seminariga tashrif buyurdi.

“Bolalar futbolidagi murabbiylarning ertangi kunimizdagi roli juda katta. Shu sababli har bir murabbiy bilimli va o‘z ishining ustasi bo‘lishi, zamonaviy tendensiyalarni futbolda qo‘llay olishi zarur. Bu yo‘lda O‘FA doimiy ravishda ularni o‘qitib borishga sharoit yaratib beradi va bunday seminarlarni doimiy tashkillashtirib boradi” dedi Ravshan Ermatov.

Ma’lumot uchun, kurs davomida murabbiylarga nazariy va jismoniy mashg‘ulotlar o‘rgatiladi. Aytib o‘tish lozim, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar 3 yilga mo‘ljallangan O‘FAning murabbiylik bo‘yicha “C” lisenziyasini qo‘lga kiritadilar.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 20:24, 24.11.2021.
O'qildi: 1433 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик