Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Rafael van der Vart:«Messi futbol o‘ynashdan charchaganga o‘xshaydi»

Rafael van der Vart:«Messi futbol o‘ynashdan charchaganga o‘xshaydi»

Baho:
+ | -

«Real»ning sobiq yarim himoyachisi Rafayel van der Vart «PSJ» hujumchisi Lionel Messini tanqid qildi. Niderlandiyalik futbolchining fikricha, Messi «PSJ» uchun o‘yinlarda hamma narsani bermayapti.

«Messining o‘yini meni xafa qilyapti. U hayotdan nimani xohlashini tushunishi kerak. Yo futbol o‘ynaydi, yo o‘ynamaydi. Shubhasiz Mbappe va Neymar Messidan yaxshiroq ko‘rinadi. Krishtianu Ronalduga qarasangiz, u qanchalik boshqacha ekanini ko‘rasiz. Ronaldu har doim o‘z jamoasini kuchliroq qilishni istaydi va maydonda bor kuchi bilan harakat qiladi.


Messi? Ba’zan u maydonda shunchaki yuradi. Keyin o‘ylay boshlayman, u o‘z holatidan uyalmayaptimi? U bu xarakterini Ronald Kuman qo‘l ostida boshlagan. Messi shunchaki futbol o‘ynashdan charchaganga o‘xshaydi», - deydi Van der Vart.

Kiritildi: 16:38, 25.11.2021.
O'qildi: 6019 marta.
Fikrlar: 54 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик