Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Zidan yoki Pochettino emas. “Manchester Yunayted” uchun ideal murabbiy – Brendan Rojers

Zidan yoki Pochettino emas. “Manchester Yunayted” uchun ideal murabbiy – Brendan Rojers

Baho:
+ | -

Top-klublarda tez-tez uchrab turganidek, murabbiy iste’foga chiqarilganidan so‘ng darhol uning o‘rinbosari haqida mish-mishlar tarqaladi. Ayn paytda “Manchester Yunayted” shunday holat bo‘lmoqda. Deyarli har kuni “qizil iblislar”ni boshqarishi mumkin bo‘lgan yangi mutaxassis nomi OAV orqali e’lon qilinmoqda. Ammo hozir bu haqda emas. Chempionlar ligasi dirasidagi “Vilyarreal”ga qarshi o‘yin avvalida mankunianlilar Sulsherga o‘rinbosar topa olmadi va jamoani norvegiyalik mutaxassis yordamchisi bo‘lib ishlagan Mayk Karrik o‘yinga olib keldi.

MYUni boshqarishi taxmin qilingan Antonio Konte APLning boshqa jamoasi “Tottenxem”da ish boshladi. Bu esa Manchester klubi uchun katta yo‘qotishga aylandi. Endilikda bu lavozimga nomzodlar ro‘yxatida PSJdan Maurisio Pochettino, “Lester”dan Brendan Rojers, “Ayaks”dan Erik ten Xag, “Brayton”dan Grem Potter, ishsiz Zinedin Zidan va Ernesto Valverde hamda Moskvaning “Lokomotiv” sport direktori Ralf Rangnik bor. Ko‘pchilik yuqorida keltirilgan mutaxassislar ichida MYU tizimiga tushadigan murabbiy sifatida Brendan Rojersni e’tirof etishadi. “Stadion.uz” nashri esa nima uchun “Lester” ustozi “Manchester Yunayted” uchun munosib nomzod ekanligi haqida fikr bildiradi.

“Manchester Yunayted” - bosh murabbiylarga rahm-shafqat qilmaydigan klub. Ammo, Gleyzerlar oilasi norvegiyalik mutaxassisga ko‘proq imkon berishga qaror qildi. Biroq, Sulsher o‘z uslubini MYUga singdira olmadi va shuning uchun murabbiyning iste’fosi kutilmagan narsa bo‘lmadi. Ayni paytda “qizil iblislar”ga mavsum o‘rtasida ishga kirishish tajribasiga ega bo‘lgan, yulduzlar va yoshlar bilan bir vaqtda ishlagan, shuningdek, futbolchilar bilan to‘g‘ri muloqot qila oladigan tizimli mutaxassis kerak.

“Manchester Yunayted” bosh murabbiylik lavozimini egallashi mumkin bo‘lgan asosiy favoritlardan biri - Brendan Rojers. Moslashuvchanlik irlandiyalikning asosiy fazilatlaridan biridir. Uning “Lester”i hujumda ham, himoyada ham ajoyib o‘yin ko‘rsatadi va raqiblariga qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu mavsumda “tulkilar” 7 ta sxemada o‘ynaganligi aytilmoqda. Bu esa Rojersning o‘zgarishlarga qo‘l urishdan cho‘chimasligini bildiradi.

2020/21 yilgi mavsumda Brendanning tajribalari himoyachilar Jeyms Jastin va Uesli Fofananing jarohatlari bilan bog‘liq muammo bor edi. Biroq, asosiy himoyachilar yo‘qligiga qaramay, “Lester” Premyer-ligada xGA (o‘tkazib yuborilgan gollar)da atigi beshta jamoadan ortda qoldi. 2021/22 yilgi mavsumda “Lester”ning muammolari yanada og‘irlashdi – Fofana va Jastindan tashqari, Jonni Evans va Nampali Mendida ham jarohat bilan bog‘liq muammo paydo bo‘ldi, jamoaga yangi kelganlar esa moslasha olmadi. Hozirda Rojers shogirdlari xGA reytingida 8-o‘rinda. Mavsum boshidan beri “Lester”dan 21 ta gol o‘tkazib yuborgan. Faqatgina “Norvich” va “Nyukasl” ulardan ko‘proq gol o‘tkazib yuborgan. Xalqaro o‘yinlar bilan bog‘liq qisqa tanaffus bo‘lganda, Rojers jamoaning to‘psiz o‘yin taktikasini o‘zgartirishga urinib ko‘rdi, ammo barchasi ayanchli yakunlandi – “Lester” – “Chelsi” - 0:3. Biroq, bu vaqtinchalik pasayish va hammasi himoyachilarning jarohatlari sabab.

Irlandiyalik murabbiy “Lester”ni qabul qilib olgach, tezda jamoa yulduzi Jeymi Vardi bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Rojersdan oldin “tulkilar”ni boshqargan Klod Pyuel bunga erisha olmadi. Vardi fransiyalik mutaxassisning taktikasi jamoa o‘yiniga to‘g‘ri kelmasligini bir necha bor aytib o‘tgan va “Manchester Yunayted”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:1), hamyurti Pol Pogbani g‘alaba bilan tabriklagani borgani uchun murabbiyga jahl qilgan.

Pyuel boshchiligida Vardi 23 ta gol urdi. Buning uchun Jeymiga 51 ta uchrashuv kerak edi. Rojers qo‘l ostida Vardi statistik ma’lumotlarni takrorladi, lekin buni ancha tez bajardi - 25 uchrashuvda. “Lester” to‘purari hozirgi bosh murabbiyni maqtashdan tortinmayapti. Vardining ta’kidlashicha, Rojers klubga o‘z g‘oyalari bilan kelgan va futbolchilar ularni darhol qabul qilishgan. Agar Rojers MYUga o‘tsa, boshqa yulduz bilan to‘qnashuv keladi. Mahalliy emas, balki jahon darajasidagi yulduz uning shogirdiga aylanadi. Bu — Krishtianu Ronaldu.

Irlandiyalik mutaxassisning yoshlar bilan ishlash uslubi ham birdek muhim. Rojers umidli futbolchilarni bazaga jalb qilishdan qo‘rqmaydi. Brendan qo‘l ostida 17 yoshli Rahim Sterling Premyer-ligada 24 ta o‘yin o‘tkazgan. “Liverpul”ga kelgan 20 yoshli Filippe Koutinyo o‘zining birinchi mavsumida Premyer-ligada 33 ta o‘yin o‘tkazdi. Emre Jan 20 yoshida ham asosiy tarkib futbolchisi edi. “Lester”da tarix takrorlandi - Yuri Tilemans va Xarvi Barns kabi futbolchilarni aynan Rojers kashf qilgan. “Manchester Yunayted” uchun murabbiyning yoshlar bilan ishlashni bilishi muhim, chunki jamoada 20 yoshli Grinvud, 21 yoshli Sancho va yana 22 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 7 nafar futbolchi bor.


Rojers yuqori maosh oluvchi mutaxassis, ammo MYU uchun bu muammo emas. Brendan ko‘plab ijobiy professional fazilatlarga ega: taktik moslashuvchanlik, top-klubdagi ish tajribasi, futbolchilar bilan ajoyib shaxsiy ishlashi. To‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan yagona narsa - Rojersning “Lester”da qolish istagi, chunki u yaqinda “Chelsi”dan uchralgan mag‘lubiyatidan yeeyin jamoada qolishini aytib o‘tdi. Biroq, “qizil iblislar” mustahkam shartnoma taklif qilishsa, irlandiyalik qarshilik ko‘rsatmasligi aniq

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:53, 25.11.2021.
O'qildi: 5935 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.