Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Viktor Jalilov: “Ko‘p hujum qilgan jamoa har doim g‘alaba qozonavermaydi”

Viktor Jalilov: “Ko‘p hujum qilgan jamoa har doim g‘alaba qozonavermaydi”

Baho:
+ | -

Superliga 26-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Jalilov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Murabbiy sifatida bu o‘yin albatta, men uchun juda og‘ir o‘tdi. Tezkor gol o‘tkazib yubordik. Keyinchalik o‘yin tizginini qo‘lga oldik, gol ham urdik, keyinchalik ko‘plab vaziyatlar yaratishimizga qaramay, ulardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda esa, konsentrasiyani yo‘qotishimiz oqibatida raqib ikkita to‘p kiritdi. Qayerdadir futbolchilardagi charchoq o‘z so‘zini aytdi, qayerdadir e’tiborsizlik pand berdi. Lekin yigitlar borlarini berishga harakat qilishdi, futbolda shunaqa holatlar ham bo‘lib turadi. Vaholanki, ikkinchi bo‘limda ham bir nechta imkoniyatlarga ega bo‘ldik, ba’zi vaziyatlarda “Qo‘qon-1912” darvozaboni yaxshi harakat qilgan bo‘lsa, ayrim hollarda gol urish uchun futbolchilarimizga biroz mahorat yetishmadi. Umumiy hisobda, hujumlar va zarbalar soni bo‘yicha raqibdan ustunlikka erishdik. Ammo futbolda har doim ham ko‘p hujum qilgan jamoa g‘alaba qozonavermaydi.

-“Navbahor”ning joriy mavsumdagi ishtiroki haqida nima deya olasiz?

- Bilasizmi, agar birinchi davradan kelib chiqib fikr yuritsak, jamoamiz go‘yo to‘fonga tushib qolgan kemaga o‘xshardi. Bir o‘yinda g‘alaba qozonsak, birida o‘z maydonimizda ochko yo‘qotdik, keyin esa mehmondagi uchrashuvlarda ochko oldik. Barqarorlik yetishmadi. Ikkinchi davrada esa o‘yinda muvozanatni tiklashga erishdik, “kema” ham to‘g‘ri yo‘liga tushib, ravon “suzish”da davom etdi. Afsuski, qaysidir pallalarda aynan barqarorlikning yetishmasligi pand berdi. Bu yilgi chempionat jamoa uchun yo‘qotishli bo‘ldi, demagan bo‘lardim, mavsumdan negativga qaraganda ko‘proq pozitiv oldik. O‘yinlarni tahlil qilamiz, qayerda ijobiy jihatlar bor, qayerda kamchiliklar mavjud, shundan kelib chiqib, kelgusi mavsumga tayyorgarlik olib boramiz.

- Ikkinchi bo‘limda nega yaxshi o‘yin ko‘rsatib turgan Ehsoni Panshanbe almashtirildi? O‘sha vaziyatda ko‘p imkoniyatlardan foydalana olmagan Zabihillo O‘rinboyevni nega o‘yindan olmadingiz?

- Hujumlar va standartlar payti havodagi yakkakurashlarda qatnashishi uchun Zabihilloni maydonda qoldirdik. O‘rinboyev faollik ko‘rsatdi, faqat so‘nggi pallada unga omad yetishmadi. Uchrashuv oxirida uning ham charchaganini sezgach, o‘rniga boshqa futbolchini tushirdik. Panshanbening almashtirilishiga sabab shu.

Manba: Навбаҳор клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 19:24, 27.11.2021.
O'qildi: 1997 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.