Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Qo‘qon-1912": 2021 yilgi mavsum yakunlari, tarixiy natijalar

"Qo‘qon-1912": 2021 yilgi mavsum yakunlari, tarixiy natijalar

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Mana hash-pash deguncha 2021 yilgi futbol mavsumi ham o‘z yakuniga yetdi. Barcha jamoalar o‘z harakatlariga yarasha turnir jadvalida o‘rinlariga ega bo‘lishdi. Kimdur oldiga qo‘ygan vazifani bajardi, kimdur bajara olmadi. Futbol shunisi bilan qiziq. Kutilmagan natijalar, alamli mag‘lubiyatlar va his-hayajonga boy quvonchli g‘alabalar. Futbol bularning barchasi bilan go‘zal.


“Qo‘qon-1912” jamoasi ham o‘tgan mavsumni baholi qudrat o‘tkazdi. “Shunqorlar” o‘tgan mavsum superliga o‘yinlarida 9 g‘alaba, 9 durang va 8 ta o‘yinda mag‘lubiyat qaydi etishdi. To‘plar nisbati 37-36 , jamg‘arilgan ochkolar soni 36 ta va turnir jadvalida 8 o‘rin qo‘lga kiritildi. Safardagi o‘yinlarda Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari 21 ta ochko ishlashdi va bu borada “Paxtakor”dan keyin 2-o‘rindagi natijani qayd etishdi. To‘g‘ri jamoa o‘z oldiga qo‘ygan vazifani qaysidur ma’noda uddalay olmagandur, biroq futbolchilar bu yilgi mavsumni yomon o‘tkazishdi deya olmaymiz.

“Shunqorlar” o‘tgan mavsum davomida bir nechta tarixiy natjalarni yangilay olishdi. Masalan bu yil superligadagi eng ko‘p “golli seriya” (18 o‘yin) Ashurmatov shogirdlariga tegishli bo‘ldi. “Qo‘qon-1912” jamoasi so‘nggi bor, 2 may 2021 yil kuni , 8-turda Toshkentda “Paxtakor” darvozasiga yo‘l topa olishmagan. Shundan so‘ng o‘tgan barcha o‘yinlarda futbolchilar raqiblar darvozasiga gol kiritishni uddalashdi.

Superliganing 19-tur uchrashuvini Bekobod shahrida “Metallurg” jamoasiga qarshi o‘tkazgan “Qo‘qon-1912” jamoasi, Ivan Yosovichning goli evaziga 0-1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu g‘alaba tarixiy g‘alaba edi . Bekobodda so‘ngi marta Qo‘qonlik futbolchilar 2002 yil 23 mart kuni, oliy liganing 2 tur o‘yinida 0-2 hisobida g‘alaba qozongan edi. Shuningdek, superliga 21-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda 4-2 hisobida g‘alaba qozongan qo‘qonliklar, “Paxtakor”ga qarshi O‘zbekiston chempionati o‘yinlaridagi 18 yillik g‘alabasiz o‘yinlar qora an’anasiga barham berishdi. Qolaversa “Paxtakor” darvozasiga so‘nggi yillarda hech qaysi jamoa 4 ta gol kirita olmagan. Shuningdek so‘ngi turda Namanganda “Navbahor” jamoasi ustidan 2-3 hisobida g‘alaba qozongan "shunqorlar" yana bir hech qaysi jamoa futbolchilari amalga oshira olmagan vazifani uddalay olishdi, ya’ni bu mavsumda hech bir jamoa O‘tkir Yusupov darvozasiga bir o‘yinda 3 ta gol kirita olmagan edi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Qo‘qonlik futbolchilar mavsum davomida o‘z muxlislariga ko‘plab quvonchli va hayajonli daqiqalarni taqdim eta olishdi.

Manba: Қўқон-1912 матбуот хизмати
Kiritildi: 19:38, 29.11.2021.
O'qildi: 1514 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.