«Barselona» prezidenti Joan Laporta hujumchi Usmon Dembele haqida gapirdi. Fransiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha tuzilgan.
«Dembele bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. U «Barselona»da qolmoqchi, biz ham uni saqlab qolmoqchimiz, chunki u katta futbolchi. Bunday vaziyatda futbolchining o‘zi uchun eng yaxshisini xohlaydigan vakillari bilan muzokaralar olib borish talab etiladi. Men Dembelega juda ishonaman. U Mbappedan kuchliroq», - deya Laportaning so‘zlarini keltiradi Marca TV3 telekanali.