"Everton" sport direktori Marsel Brands klubning eronlik "Zenit" hujumchisi Serdar Azmunga qiziqishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"Everton"da allaqachon to‘rtta hujumchi bor: Tosun, Rondon, Richarlison va Kalvert-Lyuinni. Nima deb o‘ylaysiz, bizni boshqasi qiziqtiradimi?", - dedi Brands.
Azmunning "Zenit" bilan shartnomasi shu mavsum oxirida yakuniga yetadi. Avvalroq futbolchiga "Sevilya" va "Lion" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.