Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/11 18:00 Paxtakor 0-2 OKMK
22/11 16:00 Neftchi - Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum - Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol

«O‘lim» guruhida tiriklar bormi? - so‘nggi soniyalargacha intrigani ushlagan «B» guruhi dramasi

«O‘lim» guruhida tiriklar bormi? - so‘nggi soniyalargacha intrigani ushlagan «B» guruhi dramasi

Baho:
+ | -

Darhaqiqat, bu o‘zini har tomonlama oqladi. Bu guruhdagi jamoalar orasida hamon intriga saqlanib qolgan edi, albatta, «Liverpul»dan tashqari. «Qizillar» allaqachon pley-off yo‘llanmasini naqd qilgan edilar. Ammo ikkinchi o‘rin uchun bir varakayiga «Atletiko», «Milan» va «Portu» kurash olib borayotgani muxlislarning musobaqaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirgani turgan gap.

Yakunda esa hammasi qanday tugaganini juda yaxshi bilasiz: madridliklar portugaliyaliklarni mag‘lub etib, pley-offga yo‘l olgan bo‘lsa, (3:1), «Milan» «Liverpul»ga yutqazib, to‘rtinchi o‘ringa tushib ketdi.

Bu yerdagi masala xronologik jihatdan juda ham qiziqarli tus oldi. Zero, omadli jamoa nomi so‘nggi daqiqalargacha bir necha bor o‘zgarib turdi. Quyida bu haqda qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

1-daqiqa

Hakam uchrashuvlarga hushtagini chalgan paytda «Liverpul»da 16 ochko, «Portu»da 6, «Milan»da 5 va «Atletiko»da ham xuddi shuncha ochko mavjud edi.

Bu yerda ikkinchi yo‘llanma uchun «Portu» eng yaxshi pozisiyaga ega edi. Biroq raqib ham ancha jiddiy va portugallarning amaliy jihatdan imkoniyatlari baribir past baholandi. Keyingi bosqichga chiqish uchun «Milan» va «Atletiko»ning raqiblarini nisbatan yaxshiroq to‘p bilan yutishlariga to‘g‘ri kelardi, ayniqsa, «rossonerilar».

Chunki hal qiluvchi bahslar oldidan bu ikki jamoada hatto to‘plar nisbati ham bir xil ko‘rsatkichga ega edi. Ammo, milanliklarning raqibi ancha jiddiyroq «Liverpul» va Pioli shogirdlari ko‘pchilik kutganidek, raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bu qanday kechdi?

29-daqiqa. Tomorining goli

Guruhdagi vaziyat:

«Liverpul» - 15 ochko, «Milan» - 7, «Portu» - 6, «Atletiko» - 5.

Fikayo Tomorining goli hammasini o‘zgartirib yubordi. Milanliklar shu zahoti ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib, «Portu»ni Yevropa Ligasiga ravona qilish arafasida edi. Bu yerda «matraschilar» esa yaqqol autsayderga aylanib qolishdi.

36-daqiqa. Salohning goli

«Liverpul» - 16 ochko, «Portu» - 6, «Milan» - 5, «Atletiko» - 5

Muhammad muvozanatni tiklagan pallada uning jamoasidagi ruhiyat keskin ko‘tarildi. Zero, «Liverpul»ning ushbu o‘yindagi g‘alabasi jamoani YECHL guruh bosqich bahslarining barchasini g‘alaba bilan tugatgan ilk ingliz jamoasiga aylantirar edi. Keyinchalik shunday ham bo‘ldi. Misrlik futbolchining goli «Milan»ni yana uchinchi o‘ringa tushirib yubordi.

55-daqiqa. Origining goli

«Liverpul» - 18 ochko, «Portu» - 6, «Atletiko» - 5, «Milan» - 4.

Ikkinchi bo‘lim boshida «Milan» boshlagan ertak butunlay tugadi: Divok Origi jamoasining ikkinchi golini urdi. Bu milanliklarni bir zumda to‘rtinchi o‘ringa tushirib yubordi: parallel o‘yinda esa «Portu» «Atletiko»ga qarshi bahsda imkoniyatni boy berayotgan edi.

56-daqiqa: Grizmanning goli

«Liverpul» 18 ochko, «Atletiko» 7 ochko, «Portu» 5 ochko, «Milan» 4 ochko.

Parallel o‘yindagi Origining «San-Siro»dagi golidan bir necha soniya o‘tiboq Portugaliyada Antuan Grizmann katta sahnaga chiqdi. Bu gol «Atletiko»ni darhol ikkinchi o‘ringa olib chiqishi bilan ham e’tiborga molik edi. Endi «Milan»ni hatto «Liverpul» bilan durang ham qoniqtirmasdi. Chunki o‘zaro o‘yinlarda «Portu» «rossonerilar»dan yaxshiroq ko‘rsatkichga ega bo‘lgan.

«Atletiko» va «Portu» bahsi juda tajovuzkor ruhda o‘tdi: ikkinchi bo‘limda bor-yo‘g‘i sakkiz daqiqa ichida jamoalar uchta qizil va uchta sariq kartochka bilan «siylanishdi».
«Portu» 81-daqiqada to‘rtta o‘zgarish bilan o‘yinni burib yuborishga harakat qildi. Chunki pley-offga chiqish uchun jamoaga durang ham yetarli bo‘lar edi. Ammo qolgan daqiqalarda aksincha «Atletiko» yana ikkita gol urdi va «Portu» bunga bir marta javob qaytara oldi xolos.

«B» guruh bahslari yakunlangach, quyidagi voqealar yuzaga keldi:

• «Liverpul» guruh bosqichining oltita o‘yinida g‘alaba qozongan birinchi ingliz jamoasiga aylandi. Umuman olganda, ushbu natijaga juda kam jamoa erishgan: «Milan», «PSJ», «Spartak», ikki marta «Real», «Barselona», va «Bavariya». Endi «Ayaks» ham bu mavsumdan ushbu jamoalar orasiga qo‘shildi.

• «Milan» o‘z guruhida bor-yo‘g‘i to‘rt ochko to‘pladi - Italiya jamoalari uchun eng yomon natijalardan biri, 2004/05 yilgi mavsumda faqatgina «Roma» «rossonerilar»dan kamroq ochko to‘plagan - bir ochko.

• «Atletiko» bu mavsum guruhda bor-yo‘g‘i yetti ochko to‘pladi – bu jamoaning Diyego Simeone davrida Chempionlar ligasidagi antirekordining takrorlanishi hisoblanadi. Madridliklar ushbu mavsumdan oldin ham avval ikki marta bir xil 7 ochko to‘plashgan edi.

Guruhda asosiy e’tiborni tortgan jamoa baribir «Portu» bo‘ldi. Ko‘pchilik portugallarni «Atletiko» va «Milan» bilan kurash olib borishiga ishonmagan edi. Lekin ular buni imkon qadar uddalashdi va hech bo‘lmaganda Yevropa ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi. Jamoa muhim pallalarda autsayderga aylanib qolmadi.

 

Yusufbek Saydaliyev tayyorladi.

Kiritildi: 13:31, 08.12.2021.
O'qildi: 14953 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.