Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

“Barsa”da qirol edi, PSJda esa... Messiga nima bo‘lmoqda?

“Barsa”da qirol edi, PSJda esa... Messiga nima bo‘lmoqda?

Baho:
+ | -1

Lionel Messi PSJdan norozi bo‘lib, jamoada yomon muhit yarata boshladi. Ilgari u “Barselona”da ham shunday qilgan, ammo bu boshqacha edi. “Stadion.uz” nashri Messining Parij klubidagi holati haqida fikr yuritadi.

Lionel Messining Parijda shunchaki futbolchi va yetakchi emasligi uzoq vaqtdan beri ma’lum. “Barselona”ga ham, Argentina terma jamoasiga ham kelsak, hujumchining klub rahbariyati fikrini o‘zgartirishga qodir ekanligi haqida tez-tez xabarlar tarqalgandi. Jumladan, aynan Messi Xerardo Martinoni Kataloniya klubiga murabbiy sifatida taklif qilishni talab qilgani, shuningdek Mauro Ikardini terma jamoadan chetlatgani bunga misol bo‘lada oladi.

Har ikki jamoada ham Messining ko‘p ayblari kechirilardi, chunki u klubning ham, milliy jamoaning ham “erkatoyi” hisoblangan. Leo “Barselona”da yoshligidan o‘ynab keladi va u yerda tabiiy ravishda, o‘z mehnati bilan jamoaning haqiqiy qiroliga aylangan. Argentinalik futbolchi kataloniyaliklarga barcha kuboklarda g‘alaba qozonishga yordam berdi. Uning yutuqlariga qo‘shgan juda katta hissasi tufayli klub Messining injiqliklariga dosh berishga tayyor edi.

 

Shuni ham ta’kidlash kerakki, Messining “Barselona”dagi “qirollik” kuchi cheklandi. U boshqa murabbiylarni ham xohlashi mumkin edi, ammo Martinodan tashqari klub rahbariyati endi uning xohishlariga quloq solmaganga o‘xshaydi. Sababi, Messi Neymarni qaytarishni xohlagani va Grizmandan unchalik mamnun emasligi malum edi. Biroq, yakunda Messining xohishi amalga oshmadi.

Endi Parijdan Messi yana noliy boshlagani haqida mish-mishlar tarqaldi. Xabarlarga ko‘ra, Fransiya poytaxtidagi ob-havo unga yoqmaydi. Aytishlaricha, u murabbiy Maurisio Pochettinodan ham mamnun emas va uning o‘rnida Zinedin Zidanni ko‘rishni istamoqda. Qizig‘i shundaki, PSJ futbolchilari uni omma oldida qo‘llab-quvvatlab, deyarli Messiga moslashish zarurligi haqida gapirishmoqda.

Shunga qaramay, Messining “Barselona” va PSJdagi holati mutlaqo qarama-qarshi ko‘rinadi. Kataloniyada u ixtiyoriy ravishda taxtga o‘tirdi va uni qonuniy saylangan hukmdor sifatida qo‘llab-quvvatladilar. Parijda esa... U tayyor hukmronlikka keldi. Parijliklarning o‘z valiahd shahzodasi Kilian Mbappening maqomi tushirildi va hozirda butun jamoa Leoni qo‘llab-quvvatlab, uni maqtash bilan ovvora. Messi, o‘z navbatida, Fransiya chempionatiga sovuqqonlik bilan qaramoqda, u yerda hatto biror narsani ko‘rsatishga uringanini ham sezilmaydi. U atrofidagi hamma narsani yoqtirmaydi. Endi esa u bir yil oldin PSJga katta umidlar bilan tayinlagan murabbiyni “qatl qilish”ni buyurdi.

 

Messi PSJda butunlay boshqacha ko‘rinishga ega. U o‘z o‘yin uslubida o‘ynashga harakat qilmoqda, Pochettino uslubiga moslashishga harakat ham qilgani yo‘q. Hujumchi o‘zining xatti-harakati bilan butun klubni juda g‘alati ahvolga solib qo‘ydi. Mbappe ketish niyatida, Messining kelishi esa yosh fransuzning qaroriga so‘nggi tomchi bo‘lgandek. Shu bilan birga, argentinalikning o‘zi ham parijliklarga o‘yin borasida katta ustunlik taqdim etmayapti.

 

Pochettino bilan avj olgan mojaro PSJ egalarini yanada qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Murabbiyni ishdan bo‘shatish qandaydir ahmoqlik. Sababi, klub rahbariyatining o‘zi mutaxassisni tayinladi, unga shonnch bildirdi va argentinalik murabbiy qaysidir ma’noda buni uddalayapti. Biroq, Messidan voz kechsa esa...

 

Faqat bitta yo‘l bor. Ya’ni Messi klub uchun jon-jahti bilan o‘ynash, murabbiyni qo‘llab-quvvatlashi va hatto Fransiya chempionatiga past baho bermaslik kerak. Aks holda, yaqin kunlarda Parijdan ichki nizolar haqida xabarlar kelishi to‘xtamaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:33, 09.12.2021.
O'qildi: 8411 marta.
Fikrlar: 60 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.