Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pedri kelajagi haqida: «2026 yilgacha «Barselona»da o‘ynashga imkon bering»

Pedri kelajagi haqida: «2026 yilgacha «Barselona»da o‘ynashga imkon bering»

Baho:
+1 | -

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Pedri «Manchester Yunayted», «Manchester Siti» va PSJ klublarining qiziqishlari haqida fikr bildirdi.

«Barselona»da bo‘lganimdan xursandman, shu klubda qolmoqchiman. Bu mening orzuim. 2026 yilgacha bu jamoada o‘ynashga ruxsat bering, keyin ko‘ramiz. Hozirgina kataloniyaliklar bilan yangi shartnoma imzoladim», - deydi Pedri.

Avvalroq Pedri France Football jurnalining 2021 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinini olgan edi. Eslatib o‘tamiz, Pedri «Barselona»da 2020 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda 19 yoshli yarimhimoyachi Ispaniya chempionatining 2 ta uchrashuvida qatnashdi. Mushaklardagi muammolar tufayli Pedri 2021 yil oxirigacha musobaqada ishtirok etmaydi.

Kiritildi: 13:45, 11.12.2021.
O'qildi: 2338 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.