Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Bugun qur’a. Yevropa ligasi 1/16 final bosqichi qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Bugun qur’a. Yevropa ligasi 1/16 final bosqichi qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Baho:
+ | -

UYEFA Konferensiyalar ligasi musobaqasini yo‘lga qo‘ygach, Yevropa ligasi turniri pley-off bosqichiga kichik o‘zgarish yuz berdi. Guruh bosqichida peshqadamlikni qo‘lga kiritgan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorak final bosqichiga yo‘l olishgan bo‘lsa, qolgan 8ta klub 1/16 final deb nomlangan o‘tish bahslarida ishtirok etishadi.

Guruhda 2-o‘rinni egallaganlar bu bosqichda Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni egallagan klublar bilan to‘qnash kelishadi. Bugun esa aynan mazkur bosqichga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Qachon?
Qur’a tashlash marosimi bugun — 13 dekabr, dushanba kuni UYEFA qarorgohi joylashgan Nyon shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.

Ishtirokchi-jamoalar
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, qur’ada 16ta jamoa ishtirok etadi. Yevropa ligasi guruh bosqichida 2-o‘rinni egallaganlar 1-savatchadan, YECHLdan o‘tgan klublar esa 2-savatchadan o‘rin olishadi.

1-savatcha:
"Betis" (Ispaniya)
"Braga" (Portugaliya)
"Dinamo" Zagreb (Xorvatiya)
"Lasio" (Italiya)
"Napoli" (Italiya)
"Olimpiakos" (Gresiya)
"Real Sosyedad" (Ispaniya)
"Reynjers" (Shotlandiya)

2-savatcha:
"Atalanta" (Italiya)
"Barselona" (Ispaniya)
"Borussiya" Dortmund (Germaniya)
"Zenit" (Rossiya)
"Portu" (Portugaliya)
"RB-Leypsig" (Germaniya)
"Sevilya" (Ispaniya)
"Sherif" (Moldova)

Cheklovlar bormi?
Ha. Bir mamlakat vakillari ushbu bosqichda o‘zaro to‘qnash kelishmaydi.

Nechta o‘yin?
1/16 final bosqichida jamoalar uy va safar tizimida ikki martadan to‘qnash kelishadi. 1-savatcha vakillari javob bahsini o‘z uylarida o‘tkazishadi. Pley-off bosqichida "safarda urilgan gol" qoidasi amalda bo‘lmaydi.

O‘yinlar qachon o‘tkaziladi?
Dastlabki uchrashuvlar 17 fevral, javob bahslari esa 24 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Keyin-chi?
Ushbu bosqich g‘oliblari nimchorak finalga yo‘l oladi va Yevropa ligasi guruh bosqichida 1-o‘rinni egallaganlar safiga qo‘shiladi. Mag‘lub bo‘lganlar musobaqani tark etishadi. 1/8 finalga qur’a tashlash marosimi 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz

Европа лигаси 1/16 финал босқичида кучли жамоалар ўзаро тўқнаш келиши мумкин: "Аталанта", "Барселона", "Боруссия Дортмунд", "Севилья", "Лацио", "Наполи"...

Kiritildi: 08:25, 13.12.2021.
O'qildi: 4457 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.