Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Konferensiyalar ligasi 1/16 final bosqichi qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Konferensiyalar ligasi 1/16 final bosqichi qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Baho:
+ | -

UYEFA joriy mavsumdan boshlab yangi musobaqa — Konferensiyalar ligasini o‘tkazib kelmoqda. Musobaqaning guruh bosqichi yakunlandi.

Guruh bosqichida peshqadamlikni qo‘lga kiritgan jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorak final bosqichiga yo‘l olishgan bo‘lsa, qolgan 8ta klub 1/16 final deb nomlangan o‘tish bahslarida ishtirok etishadi.

Guruhda 2-o‘rinni egallaganlar bu bosqichda Yevropa ligasi guruh bosqichida 3-o‘rinni egallagan klublar bilan to‘qnash kelishadi. Bugun esa aynan mazkur bosqichga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Qachon?
Qur’a tashlash marosimi bugun — 13 dekabr, dushanba kuni UYEFA qarorgohi joylashgan Nyon shahrida bo‘lib o‘tadi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.

Ishtirokchi-jamoalar
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, qur’ada 16ta jamoa ishtirok etadi. Konferensiyalar ligasi guruh bosqichida 2-o‘rinni egallaganlar 1-savatchadan, Yevropa ligasidan o‘tgan klublar esa 2-savatchadan o‘rin olishadi.

1-savatcha:
"Bude-Glimt" (Norvegiya)
"Qorabog‘" (Ozarboyjon)
"Makkabi" Tel-Aviv (ISR)
PAOK (Gresiya)
"Partizan" (Serbiya)
"Ranners" (Daniya)
"Slaviya" (Chexiya)
Yana bir jamoa nomi keyinroq ma’lum bo‘ladi

2-savatcha:
"Lester" (Angliya)
"Mityulland" (Daniya)
"Olimpik" (Fransiya)
PSV (Niderlandiya)
"Rapid" (Avstriya)
"Seltik" (Shotlandiya)
"Sparta" (Chexiya)
"Fenerbaxche" (Turkiya)

Cheklovlar bormi?
Ha. Bir mamlakat vakillari ushbu bosqichda o‘zaro to‘qnash kelishmaydi.

Nechta o‘yin?
1/16 final bosqichida jamoalar uy va safar tizimida ikki martadan to‘qnash kelishadi. 1-savatcha vakillari javob bahsini o‘z uylarida o‘tkazishadi. Pley-off bosqichida "safarda urilgan gol" qoidasi amalda bo‘lmaydi.

O‘yinlar qachon o‘tkaziladi?
Dastlabki uchrashuvlar 17 fevral, javob bahslari esa 24 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Keyin-chi?
Ushbu bosqich g‘oliblari nimchorak finalga yo‘l oladi va Konferensiyalar ligasi guruh bosqichida 1-o‘rinni egallaganlar safiga qo‘shiladi. Mag‘lub bo‘lganlar musobaqani tark etishadi. 1/8 finalga qur’a tashlash marosimi 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:57, 13.12.2021.
O'qildi: 4104 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик