«Roma» «Spesiya»ga qarshi o‘yin oldidan jiddiy kadrlar muammosiga duch kelmoqda.
Rimliklarning 5 nafar futbolchisi «Spesiya»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo jarohat olgan Leonardo Spinassola, Stefan El-SHaaravi va Lorenso Pellegrini, shuningdek, diskvalifikasiya qilingan Nikolo Zanyolo va Janluka Manchinilarning xizmatidan foydalana olmaydi.
Ma’lumot uchun, Italiya A Seriyasining 17-turidan o‘rin olgan «Roma» – «Spesiya» uchrashuvi 13 dekabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tadi.