Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon 2-0 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Tibbiy qo‘mita tomonidan ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi

Tibbiy qo‘mita tomonidan ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Avval xabar berganimizdek, futbolimiz tibbiyoti samaradorligini yangi saviyaga olib chiqish, barcha jamoalar, futbol akademiyalari tibbiy xodimlarining malakasini oshirish, ularning faoliyatini zamon talabiga mos ravishda muvofiqlashtirish maqsadida O‘FA qoshida Tibbiy qo‘mita tashkil etildi.

Bugun mazkur qo‘mita boshchiligida hududiy bolalar va o‘smirlar futbol akademiyalarining tibbiy xodimlari ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilindi.

Anjumanda ishtirok etgan O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov futbol tibbiyotini tizimli rivojlantirish, ushbu sohadagi barcha mutaxassislar malakasini oshirish va ular faoliyatini mukammallashtirish borasida qilinishi kerak bo‘lgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.

“Bugungi kunda tibbiyot sohasiga to‘g‘ri yondashish sportdagi muvaffaqiyatning asosiy qismini tashkil etadi. Tibbiyot mutaxassislari murabbiylarning eng yaqin yordamchilari, xorijda bu tizim juda aniq ishlaydi. Eng obro‘li murabbiylar ham jamoa shifokorlari bilan hisoblashib ish ko‘rishadi. Aynan o‘zimiz ham mana shunday tizimni, ilmiy-tahliliy yondashuvni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysa olsak, kelajakda — katta turnirlarda bu borada bizda muammolar bo‘lmaydi. Endilikda sport tibbiyoti yo‘nalishiga e’tibor har galgidan o‘zgaradi”, dedi Ravshan Ermatov.

Konstruktiv ruhda kechgan mazkur anjumanda futbolimiz kelajagi bo‘lmish yosh futbolchilar unib-o‘sayotgan akademiyalarda malakali tibbiy xizmatni tashkil qilish, tarbiyalanuvchilarning jismonan sog‘lom va baquvvat bo‘lishida to‘laqonli ovqatlanish va zarur vitaminizasiyani qanday yo‘lga qo‘yish, tibbiy ko‘rikni tashkil qilish kabi masalalar qatorida, kelajakda yuksak marralarni mo‘ljal olgan yoshlarimizni ona Vatanga sodiq, qalbida ushbu millatdan faxr va iftixor tuyish ruhida tarbiyalash yo‘lida tibbiy xodimning o‘rni va asosiy vazifalari belgilab berildi.

Barcha ishtirokchilarga tibbiy qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan, akademiya shifokorlarining ishlarini muvofiqlashtiruvchi “Tibbiy qo‘llanma” taqdim etildi. Shuningdek, yig‘ilish davomida mutaxassislar fikrlari tinglanib, qisqa muddat ichida amalga oshirilgan bir qator ishlar va kelgusi rejalar muhokama qilindi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 20:18, 14.12.2021.
O'qildi: 1006 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик