Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/01 20:00 Vyetnam 2-2 Janubiy Koreya
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Xitoy - Yaponiya
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul
25/01 00:45 Lechche - Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal - Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo - Cremonese
25/01 18:00 Atletiko - Malyorka
25/01 19:00 Atalanta - Parma
25/01 19:00 Jenoa - Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl - Aston Villa
25/01 19:00 Brentford - Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas - Chelsi
25/01 20:15 Barselona - Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta

Aleks Telles: «Fred - «MYU»ning motori. Braziliyalik xavbekning ko‘pchilik ilg‘amagan xususiyatlari nimada?

Aleks Telles: «Fred - «MYU»ning motori. Braziliyalik xavbekning ko‘pchilik ilg‘amagan xususiyatlari nimada?

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning chap qanot himoyachisi Aleks Telles vatandoshi Fredning o‘yinlaridan mamnun. U braziliyalik o‘yinchining ko‘pchilik ilg‘amagan xususiyatlariga to‘xtaldi.

Fred yakshanba kuni «Kristal Pelas» darvozasiga yagona g‘alaba golini urdi. Shuningdek, u «qizil iblislar»ning Chempionlar ligasi pley-offidagi «Vilyarreal» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozonishida ham muhim rolni o‘ynadi.

«Angliyada Fred kabi o‘yinchilarni odatda «o‘rtamiyona himoyachilar» deb atashadi. Bu arzimagan ta’rif, ayniqsa Fred uchun. Shu kabi bo‘lar-bo‘lmas gaplar va noo‘rin tanqidlar futbolchiga ba’zida ancha salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Men Fredni avvaldan beri yaxshi bilaman. U kamtar va mehnatkash yigit. Menimcha, jamoa rivoji uchun u qo‘lidan kelgan barcha ishni qilyapti.

Ammo Tellesning ta’kidlashicha, Braziliyada bunday turdagi o‘yinchilarga ko‘proq hurmat bilan qarashadi va hatto ular uchun o‘ziga xos ism ham o‘ylab topilgan:

«Braziliyada Fred kabi o‘yinchilarni «motor» deb atashadi», - deydi 28 yoshli himoyachi. Ular jamoani harakatga keltiruvchi muhim kuchlar, vaziyatni chuqur o‘ylashadi va asosiy e’tiborini to‘pni jamoaga qaytarishga qaratishadi. O‘ylaymanki, u «Vilyarreal»ga qarshi o‘yindagi g‘alabada asosiy rolni o‘ynadi - Fred bizga to‘pni qaytarganidan so‘ng biz ikkita gol urdik. Uning jamoa uchun qanchalik muhimligini bilamiz va men u uchun juda xursandman. Fred kabi o‘yinchilar «MYU» uchun juda muhim».

«Albatta, men unga nisbatan faqat to‘g‘ri munosabatda bo‘lganman. Fred mening maydon tashqarisidagi eng yaxshi do‘stim. Maydonda ham Fred jamoadagi asosiy rolni o‘ynashiga aminman. Menga shunday fazilatlarga ega futbolchilar yoqadi, u jamoa uchun ko‘p yuguradi. U nafaqat o‘zining maydondagi pozisiyasi haqida o‘ylaydi, balki boshqa o‘yinchilarning uyg‘unligini ham hisobga oladi va har doim turli pozisiyalarni qamrab olgan holda aqlli yugurishni biladi».

Tellesning o‘zi esa so‘nggi paytlar boshidan jarohat olgan Lyuk Shouning o‘rnini muvaffaqiyatli egalladi va «Yunayted»ning so‘nggi to‘rtta o‘yinini asosiy tarkibda boshladi.

«Barqarorlik sening o‘sishingga ko‘p yordam beradi, men o‘z harakatlarimdan mamnunman», deb tan oldi u. - Lekin har doim yaxshilanishi mumkin bo‘lgan narsa mavjud. Men o‘zimga nisbatan juda talabchanman va har bir mashg‘ulot va har bir o‘yinda bundan ham yaxshi rivojlanishim mumkinligini tushunib yetganman.

Barchamiz bilamizki, «Manchester Yunayted»da buyuk futbolchilar o‘ynaydi va agar kimdir maydonda muttasil harakat qilyaptimi, demak u bunga loyiq. Men qattiq mehnat qilyapman va o‘z imkoniyatimni kutmoqdaman. «Yunayted» libosida maydonga tushgan o‘yinchi klub logotipi nimani anglatishini idrok etishi zarur», — deydi Telles.

Kiritildi: 11:28, 15.12.2021.
O'qildi: 1869 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.