Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yengilmas “Armada”ning yengilishi

Yengilmas “Armada”ning yengilishi

Baho:
+ | -

  Tarixdan xabardor kishi ispanlarning Armada atalmish dengiz floti haqda eshitgan. Ular XVI asrning oxirlarida juda mashhur bo‘lishgan. Ularni o‘sha paytda shunchaki Armada deb atashar edi. Ammo, 1588 yilda Ispaniya-Angliya qarama-qarshiligidan so‘ng ispanlarning afsonaviy floti yengilgan. Bunday qudratli kemaning yengilishi aqlga sig‘mas edi. O‘sha mag‘lubiyat Armadaga buyuk mashhurlik olib kelgan. Shundan so‘ng bu flotning nomi tarix zarvaraqlarida Yengilmas Armada bo‘lib muxrlangan.

Xozirgi kun futbolida yana bir Armada bor. O‘xshashlikni qarangki, ular xam Ispaniyaga tegishli. Umuman olganda bu shunchaki o‘xshatish. Xech kim “Barselona”ni “Armada” nomi bilan atamaydi. Kataloniyaliklarning so‘nggi 20 yilda erishgan yutuqlariga xar qanday jamoa havas qilsa arziydi. Ammo tan olish kerakki, oxirgi yillarda “ko‘k-anorranglilar” na jiddiyroq biror sovrin yuta oldi, na mazmunli o‘yin ko‘rsata oldi. Umumiy mavsumlardagi o‘yin sifatiga nazar tashlasak, “blaugranas” oxirgi marta 2018-2019 yilgi mavsumda nisbatan yaxshiroq o‘yin namoyish etgan. O‘sha yili kataloniyaliklar Ispaniya La ligasida zafar quchishgan. Shundan so‘ng “Barselona” Primyeroda tengsiz topilmagan. Aynan o‘sha mavsumda “blaugranas” UYEFA Chempionlar ligasida chempion bo‘lishga juda yaqin kelgan. Taqdirning o‘yinini qarangki, yarim finalda deyarli “Barselona”ga mag‘lub bo‘lgan ingliz klubi javob uchrashuvida burilish yasab final chiptasini ilib ketgan edi. Aniqrog‘i ispaniyaliklar inglizlarga yo‘tqazib qo‘yishgan. G‘alaba naqd joyida kataloniyaliklar mag‘lub bo‘lishgan xuddi Yengilmas Armada singari. Ular kabi inglizlarga imkonyatni boy berishgan.  “Barselona” “Liverpul” o‘rtasidagi bahs barchaning yodida bo‘lsa kerak.

  O‘sha ispanlarning Arimadasi yengilgan jang tarixda Gravlin jangi nomini olgan. Inglizlar ularga nisbatan ayyorona taktika tanlashgan. Yani ular ispanlarni chalg‘itishgan huddi Trent burchak to‘pini tepish jarayonida aldagani singari. O‘sha jangda Armada g‘olib bo‘lmasada xech narsa yo‘qotmagan shunchaki Ispaniyaga chekinishga majbur bo‘lgan. Ammo yo‘lda dengizchilar boshiga to‘shgan qiyiinchiliklar, to‘fonlar va qoyalar ispan flotini taslim qilgan.

Bizning futboldagi “Armada”miz xam huddi shunday. “Barselona”ning yengilishi bugungi mavsumda ro‘y berayotgan hodisa emas. Ya’ni ular “Liverpul”dan uchralgan mag‘lubiyatdan beri o‘ziga kela olishmadi. Ularning bu qadar sust o‘ynayotganiga, yengilayotganiga sabab ham bor. Moliyaviy qiyinchiliklar, jarohatlar va Bartameo siyosati “blaugranas”ni kuchsiz qilib qo‘ygan.

 Ba’zi muxlislar “Barselona”ning o‘yini pasayishiga Messining ketishini sabab qilib ko‘rsatishmoqda. Ammo, Messi bilan bo‘lgan so‘nggi mavsumda xam “Barselona” yaxshi natija qayd eta olmagan. Shunchaki Leo faktori bunga sabab emas.

  To‘g‘ri Leo hozir xam “Barselona”da bo‘lganida jamoa bunday axvola bo‘lmas edi. So‘nggi yillarda kataloniyaliklar juda xam noto‘g‘ri siyosat olib bordi va alal-oqibat jamoada oyliklar to‘lash uchun xam pul qolmadi. Umuman o‘zini oqlamagan qimmat transfer va “otning kallasi”dek maoshlar jamoaning moliyaviy axvolini batamom og‘ir ko‘rinishga olib keldi.  Dembele, Koutinyo va Grizmanning transferi uchun sarflangan pullarning o‘zi o‘rtameyona jamoaning narxiga teng bo‘lib qoldi. Umtitining maoshi transfer narxidan balandligi xaqda gapirmasa xam bo‘ladi. Shunchaki Neymarning ketigani janob Bartameoga saboq bo‘lgan shekilli xammaning maoshini yoppasiga ko‘tarib qo‘ygan. Endi esa qancha urinsa xam Umtitini jamoadan ketkaza olmayapti. Xar tugul “Barselona” uchun xamma narsaga tayyor futbolchilar bor ekan. Ular maoshini kamaytirishga o‘zlari rozilik bergan.

  Pullarning notog‘ri ishlatilishi xaqda gapirdik. O‘sha futbolchilarning klassi bilan xam jamoa biror natija qayd etishi mumkin edi. Ammo jaroxatlar xam “yiqilganning ustidan tepgandek” qilmoqda. Dembelening jaroxatlariga o‘rganib qolgan muxlislar bora-bor jamoaning bo‘lajak yulduzi bo‘lishi kutilayotgan Ansu Fatini xam faqat lazaretda ko‘rishmoqda. Pedrini xam 70dan ortiq o‘yind maydonga tushirib sindirib olishdi chog‘i. Hozirda Xavining axvoliga xavas qilib bo‘lmaydi. Birinchidan, jamoa transferlarga pul ajratishi qiyin. Ikkinchidan, jamoa uchun muhim futbolchilar jaroxat olishgan. Shunchaki jamoa bunday axvolga kelib qolishiga ancha vaqt ketgan, lekin Messi va Suares kabi futbolchilarning barqaror o‘yini va ularning yuqori darajasi bu inqirozning boshlanishini sekinlashtirib turgan.

 Shuni aytish mumkinki, “Barselona”da Ispaniyaning Yengilmas Armadasiga o‘xshash holatni ko‘rmoqdamiz. Albatta, barcha futbol ishqibozlari bu buyuk klubning tezroq o‘ziga qaytishini istasa kerak.  Negaki fktbolda, La ligada raqobat avvalgi darajada yemas. Ular bu tomondan xam Angliya Premyer ligasidan ancha ortda qolishmoqda. Kutamiz, kuzatamiz, qo‘llab kuvvatlaymiz. Shunchaki futbol yanada qiziqarliroq bo‘lishi uchun kuchlilar orasida “Barselona” bo‘lishi kerak. Ular Yengilmas Armada singari, Yengilmas “Barselona” nomi bilan tarixda qolmasligi kerak. “Arsenal” va “Milan” kabi jamoalarni avvalgidek yuqori darajaga qaytishini ancha kutdik. Ular orasiga boshqa jamoalarning qo‘shilishi albatta yoqimsiz holat.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi    

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:27, 16.12.2021.
O'qildi: 7146 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.