Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Arsenal» to‘rtlikda. Buyuk qaytish

«Arsenal» to‘rtlikda. Buyuk qaytish

Baho:
+ | -

Tunda bo‘lib o‘tgan London derbisida "Arsenal" qarshisidagi raqib — "Vest Xem"dan ustun edi. Chetlatishgacha ham ustun edi. Va balki, "qizil"dan so‘ng Moyes jamoasi o‘zini yanada ehtiyotkor tutib, kamroq gol o‘tkazgan bo‘lishi mumkin. Aslida Soufal maydonni erta tark etmaganda Arteta jamoasi yanada samaraliroq o‘ynashi ham mumkin edi, demoqchiman. Tan olaman, bu "agar-agarlar nazariyasi" va u fakt o‘rniga o‘tmaydi aslo. Biroq bir fakt bor. "Arsenal" to‘rtlikda! Bu buyuk qaytish.

So‘nggi yillardagi "Arsenal" uchun 17-turdan keyin 4-o‘rinda bo‘lish rostmana yaxshi natija. Axir 2016-17 yillar mavsumidan buyon ilk bor 17 turdan so‘ng London jamoasi 4-o‘rinda. O‘shanda klub bosh murabbiyi kim edi eslaysizmi? Ha, Arsen Venger. Bugun FIFAda futbolni o‘zgartiraman deb yurgan Vengerning ustidan hatto klubning sodiq muxlislari ham kulardi u vaqtlar. Ammo u ketgach klub pastga sho‘ng‘iganini ko‘rdik. 4-o‘rin endi orzu bo‘lib qoldi shonli jamoaga.

"Arsenal"ning adekvat muxlislarga savol, jamoangiz joriy mavsum 4-o‘rinni egallasa, bundan qanchalik quvonasiz?

Bilmadim, menimcha APLdagi hozirgi raqobat bilan nisbat olinsa, "Arsenal" to‘rtinchi bo‘lishi ulkan natija bo‘lardi va Arteta nihoyat katta murabbiy ekanini isbotlagan bo‘lardi. Ha, Arteta Sulsherdan ustun ekanini ko‘rsatdi allaqachon. Endi navbat keyingi bosqichga. To‘rtlik uchun kurashda Antonio Konte, Ralf Rangnik, Devid Moyes va ehtimol Brendan Rodjers ham bor. Anavi uch nafar "o‘zga sayyoralik" murabbiyni bu safga aralashtirmaymiz, maylimi?!

Shu o‘rinda ikkita muhim qo‘shimcha bor. Birinchidan, aslida "Tottenhem" qoldirilgan 3 (!) o‘yinida yuz foizlik natija qayd etsa 4-o‘ringa ko‘tariladi. Lekin hatto shunda ham mavsumni mag‘libiyatlar bilan boshlagan "Arsenal" uchun hozirgi natija, mening nazdimda, juda ajoyib.

Ikkinchidan, klubning bu natijalari birinchi navbatda Aaron Remsdeyl bilan bog‘liq ekani bu uzoq istiqbol uchun ijobiy jihatmi yoki salbiy? Menimcha, salbiy. Angliyalik darvozabon "Manchester Siti"ga qarshi 5:0 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin Lenoning o‘rnini egalladi va bu o‘rinni qaytib bermadi. Darvoqe, bu mavsum uning barcha turnirlardagi "quruq" o‘yinlari soni 10 taga (!) yetdi. Aaron haqida keyingi postlardan batafsil yozaman.

Hozir nima ham derdim, kuzatamiz...

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 08:53, 16.12.2021.
O'qildi: 3784 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик