Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Millatlar ligasida Janubiy Amerika jamoalari qatnashadi. UYEFA FIFAga urush ochdimi?

Millatlar ligasida Janubiy Amerika jamoalari qatnashadi. UYEFA FIFAga urush ochdimi?

Baho:
+ | -

Shu hafta Janubiy Amerika jamoalari navbatdagi UYEFA Millatlar ligasida ishtirok etishi mumkinligi haqida xabar qilingandi. “Stadion.uz” nashri ushbu loyiha haqida biroz fikr yuritishga qaror qildi.

Oxirgi paytlarda UYEFA va FIFA o‘rtasidagi munosabatlar unchalik yaxshi emas, buning asosiy sababi pulga borib taqaladi. Avvalroq xalqaro assosiasiya Yevropa futbol ittifoqining asosiy moliyaviy loyihasi bo‘lgan Chempionlar ligasini barbod qilishi mumkin bo‘lgan Superliga g‘oyasini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlagani xabar qilingandi. FIFA endi har ikki yilda bir marta Jahon chempionatini o‘tkazish g‘oyasini amalga oshirishga harakat qilmoqda, bu esa UYEFAning Yevropa chempionatini xavf ostiga qo‘yadi.

Yevropaliklar xalqaro assosiasiyaga qanday javob berishni o‘ylab topdilar. Janubiy Amerika terma jamoalarining Millatlar ligasiga taklif etilishi, ushbu turnirni juda qiziqarli va yuqori saviyali turnirga aylantiradi. Bo‘limlarga bo‘linishni hisobga olsak, A ligasi eng yaxshi jamoalarni o‘zida jamlashi mumkin, bu esa kuchli jamoalarning bir-biriga qarshi doimiy o‘yinlariga olib keladi.

Rostini aytsak, jahon futbolida faqatgina Yevropa va Janubiy Amerikaning eng yaxshi jamoalari favorit hisoblanadi. Yulduzli afrikaliklarda ham, osiyoliklarda ham, shimoliy amerikaliklarda ham dunyoning eng kuchlisi nomiga da’vogarlik qiladigan terma jamoalar haligacha yo‘q. Jahon chempioni nomi uchun faqat ikki qit’a kurash olib boradi. Shunday qilib, Yevropa va Lotin Amerikasi jamoalaridan tashkil topgan Millatlar Ligasi haqiqatan ham daxshatli turnir bo‘ladi.

FIFA pul miqdori oshirish maqsadida, jahon chempionatida qatnashadigan jamoalar sonini ko‘paytirmoqda. 2026 yilgi jahon chempionatida 48 nafar ishtirokchi bo‘ladi. Ochig‘ini aytganda, bu turnir darajasini pasaytiradi. Hozir ham jahon chempionatida musobaqaga mutlaqo yarashmaydigan bahslar yetarlicha bo‘ladi. Guruh bosqichida o‘ta yirik hisoblar muntazam ravishda bo‘lib turadi, bu esa qiziqishni unchalik ham oshirmaydi.

Shu fonda UYEFA qiziqarli muqobil variant taklif qilishi mumkin - har bir o‘yinda intriga bo‘ladigan, yulduzlar muntazam ravishda o‘zaro kurash olib boruvchi 16 ta eng kuchli terma jamoalar o‘rtasidagi ixcham musobaqa. Bundan tashqari, Millatlar Ligasi yana bir muhim plyusga ega bo‘ladi. Jahon chempionatlarida u yoki bu yulduz jarohati tufayli turnirni o‘tkazib yuborishi mumkin bo‘lgan epizodlar ko‘p. Millatlar Ligasi uzoq muddatda o‘tkaziladigani sababli, yulduzning tasodifiy jarohat olish omili kamroq rol o‘ynaydi.

Eng qizig‘i, UYEFAning mini-jahon chempionatini yaratish bo‘yicha ushbu tashabbusi bilan kurashish FIFA uchun qiyin bo‘ladi. Millatlar ligasi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan kunlarda o‘tkaziladi. Shu bilan birga, xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlariga hech qanday taqiq yo‘q va uni o‘tkazilishiga qarshilik bo‘lishi mumkin emas.

Umuman olganda, UYEFAga ma’lum vaqtdan keyin boshqa qit’alar terma jamoalarini Millatlar ligasiga qo‘shilishiga hech narsa to‘sqinlik qilmaydi. Natijada, ushbu turnir o‘zining bo‘linmalari bilan haqiqatan ham jahon chempionatiga haqiqiy muqobil bo‘lishi mumkin.

Asosiy muammo an’anaviy ravishda pul bo‘lishi mumkin. KONMEBOL, shubhasiz, Janubiy Amerika jamoalarining Millatlar Ligasidagi ishtirokidan o‘z ulushini olishni istaydi. Agar UYEFA bo‘lishishga rozi bo‘lsa, unda hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak. Aks holda, KONMEBOL terma jamoalar musobaqada qatnashish imkoniga ega bo‘lmasliklari uchun taqvimni shunchaki o‘zgartirib qo‘yishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatiga saralash jarayonida UYEFA taqvim yaxlitligini saqlab qolish va jahon chempionatining bo‘lajak mezbonlariga yaxshi tajriba orttirish maqsadida Qatar terma jamoasini 5 ta terma jamoadan iborat guruhga qo‘shilishni taklif qilgan edi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi

Kiritildi: 12:26, 19.12.2021.
O'qildi: 2634 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.