Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/12 01:30 Vilyarreal 1-1 Rayo Valyekano
19/12 01:30 Espanyol 1-1 Valensiya
21/12 00:45 Verona - Milan
21/12 01:00 Jirona - Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa - Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe - Malyorka
21/12 19:00 Torino - Bolonya
21/12 20:00 Brentford - Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich - Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem - Brayton
21/12 20:15 Selta - Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa - Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas - Arsenal
21/12 22:30 Osasuna - Atletik Bilbao

“YUventus” endi top-klub emas: Turin klubining qulashiga kim va nima sabab bo‘ldi?

“YUventus” endi top-klub emas: Turin klubining qulashiga kim va nima sabab bo‘ldi?

Baho:
+ | -1

Turinning “Yuventus” klubi so‘nggi to‘rt turda 10 ochko jamg‘argan bo‘lsa-da, haligacha A seriyada kuchli 4 likdagi jamoalardan ancha ortda qolmoqda (“Inter”, “Milan”, “Atalanta”, “Napoli”). Aslida, bu inqiroz joriy mavsumda emas, ancha oldin, 2018 yilda, yirik biznes-loyiha parchalana boshlagan paytda boshlandi. Bu Krishtianu Ronalduning kelishiga to‘g‘ri keldi. O‘sha shov-shuvli transfer zanjirning birinchi bo‘g‘ini bo‘ldi, shu sababli “Yuve” top-klubga o‘xshamay qoldi: endi top yulduzlar ham, natijalar ham yo‘q, lekin jamoada moliyaviy muammolar bor. Shu sabab, “Stadion.uz” nashri Turin klubining cho‘kib ketishining asosiy sabablari haqida biroz ma’lumot berishga qaror qildi.

 

Ichki mojarolar va hiylalar

2019 yilda Turin klubi prezidenti Andrea Anyelli “Yuventus” futboldagi asosiy brendlardan biri ekanligini aytdi. Biroq, o‘tgan yili klubning yutuqlari bilan emas, balki jamoadagi janjalli muhitni yaratgani bilan ajablantirdi. Birinchisi - Superliga. Anyelli “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres tashabbusini boshqalardan ko‘ra ko‘proq g‘ayrat bilan qo‘llab-quvvatlagan funksionerlardan biriga aylandi. Superliga tashkil etilgani e’lon qilinishi bilanoq, “keksa sinyora” muxlislari ko‘chalarga banner osib qo‘yishdi: “Anyelli bizga xiyonat qildi. Anyelli jamoaga xiyonat qildi” mazmunidagi bannerlar Turin ko‘chalarini ancha payt “bezab” turdi.

Ammo “Yuventus” prezidenti nafaqat muxlislarga, balki Anyellining yaqin do‘sti va qizining cho‘qintirgan otasi bo‘lgan UYEFA prezidenti Aleksandr Cheferinga ham xiyonat qildi. Anyellining nafaqat “Yuve”da, balki umuman futbolda ham asosiy narsa bo‘lishga intilishi bilan hazillashdi. Andrea va Cheferin o‘rtasidagi munosabatlari buzildi va “Yuventus” Superliganing boshqa asoschi klublari kabi UYEFAning eng ashaddiy dushmaniga aylandi. Yevroligaga qo‘shilish orqali “keksa sinyora” o‘z qarzlari bilan shug‘ullanmoqchi bo‘ldi, ammo, aksincha bo‘ldi. Klub o‘z obro‘siga dog‘ tushirdi.

Ikkinchi mojaro bir necha hafta oldin sodir bo‘ldi – “Yuventus” o‘z kapitalini o‘stirish uchun moliyaviy qing‘irliklarga qo‘l urganlikda ayblamoqda.

Agar “Yuventus” firibgarlik orqali boshqa jamoalarga nisbatan ustunlikka erishgan bo‘lsa, bozor raqobatini nazorat qilish boshqarmasi vaziyatga aralashishi va jazo chorasini qo‘llanilishi aytildi. Italiyada Pemont prokuraturasi va Italiya futbol federasiyasi birgalikda olib boruvchi yirik tergov boshlandi. Tergovchilar “Yuventus” rahbarlarini 400 million yevrolik qarzini yashirishni xohlayotganlikda gumon qilmoqda. Agar Turin klubining aybi isbotlansa, u B seriyaga tushirib yuborilishi mumkin.

 

Sarri, Ronaldu va Allegri

Shuningdek, tizimdagi inqiroz Sarri davrida yuz berdi. Bungacha “Yuventus”ni besh yil davomida jamoada sifatli futbol ko‘rsatgan va chempion qilgan Massimiliano Allegri boshqargan. Uning qo‘l ostida klubda hammasi yaxshi muvofiqlashtirilgan mexanizmdek ishlagan. Hatto Ronalduning kelishi ham jamoa muhitini buzmadi. Biroq, Sarri Krishtianuning yetakchi bo‘lishga bo‘lgan haddan tashqari ishtiyoqini jilovlay olmadi. Bosh murabbiy va asosiy yulduz o‘rtasida mojaroga olib kelgan urinishlar bo‘ldi. Vaziyat talab qilmagan paytlarda Ronaldu o‘zboshimchalik bilan mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola boshladi. Sarri asabiylashdi, buni ko‘rgan Anyelli murabbiy bilan xayrlashishga qaror qildi.

“Yuventus” prezidenti o‘zi chiqarib yuborgan Maks Allegrini qaytishga ko‘ndirishdan ko‘ra yaxshiroq yechim topmadi. Allegri uchun ikkinchi marta jamoa boshqaruviga kelishi, birinchisidan ancha qiyinroq bo‘ldi. Ronaldu Manchesterga jo‘nab ketdi, ammo uning o‘rniga munosib o‘rinbosar topilmadi. “Keksa sinyora” so‘nggi turlarda biroz yaxshiroq o‘yin ko‘rsatayotganini hisobga olsak ham, “Inter” bilan oradagi farq 12 ochkoni tashkil etadi.

 

Qorong‘u kelajak

Allegri jamoasi pragmatik uslubda harakat qiladi: imkoniyatlar kam, o‘tkir paslar kam, bosim kuchsiz. Ronaldu ketganidan keyin tarkibda muhim daqiqada oldinga o‘tishga jur’at etadigan boshqa futbolchi yo‘q edi. Dibala va Kyezadan umid katta edi, lekin birinchisi shunchaki o‘zini ortiqcha baholadi, ikkinchisi esa klubning faxriy futbolchilarini boshqarish uchun hali yosh edi. “Yuventus”da ham aqlli va kreativ markaziy yarimhimoyachi yetishmayapti. Ilgari bu joyda Pyanich o‘ynardi, ammo hozir hech kim o‘z vazifalarini to‘liq bajara olmaydi. Umuman olganda, “Yuventus”ning tarkibi Yevropaning top-klubi deb atash uchun ancha zaif. Har bir chiziq kuchli o‘yinchilarga muhtoj, ammo kuchaytirish uchun moliyaviy holat yaxshi emas. Voysex Shesni darvozada ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yadi, Matteys de Ligtga kuchliroq sherik yo‘q, yarimhimoya chizig‘i qanotlari uncha yaxshi o‘yin ko‘rsatmayapti. Hujumchi Alvaro Morata esa gol urishni unutib qo‘ygan. “Yuventus” endi o‘zining moliyaviy firibgarliklari tufayli sud jarayoniga ko‘proq e’tibor qaratganini inobatga olsak, Allegri qishki transferlarga umid qilmasligi mumkin.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:27, 20.12.2021.
O'qildi: 3672 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.