Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal 2-1 Chelsi
06/09 21:00 Bolonya 2-2 Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga 0-0 Levante
06/09 21:30 Alaves 5-2 Osasuna
06/09 23:45 Yuventus 1-1 Milan
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad

Yosh gandbolchilarimiz Italiyadagi xalqaro turnirda g‘alaba qozonishdi

Yosh gandbolchilarimiz Italiyadagi xalqaro turnirda g‘alaba qozonishdi

Baho:
+ | -

Joriy yil 9-20 dekabr kunlari Italiyaning Keti shahrida 2004-2005 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha «ABRUZZO CUP-2021» xalqaro turniri o‘tkazildi. Italiya gandbol federasiyasi tomonidan uyushtirilgan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Xalqaro turnirda hamyurtlarimizdan tashqari Portugaliya, Serbiya, Polsha kabi xorijiy davlatlar, shuningdek mezbon Italiya o‘smirlar terma jamoasi hamda Italiyaning hududiy klublar terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Yosh gandbolchilarimiz turnir mobaynida jami 9ta uchrashuv o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchishdi. Jumladan, vakillarimizga biroz jiddiy qarshilik taqdim etilgan Italiya o‘smirlar terma jamoasiga qarshi o‘yinda hamyurtlarimiz 38:27 hisobida g‘alabaga erishdi. Qolgan barcha o‘yinlarda o‘zbekistonlik yosh gandbolchilar raqiblarini kamida 20ta to‘p farqi bilan mag‘lub etishgan. Yakunda hamyurtlarimiz «ABRUZZO CUP-2021» sohibiga aylanishdi.



Musobaqada vakillarimizdan G‘ayrat Baratov, Davron Bozorboyev, Behruz Yakubov singari umidli yoshlar barchada iliq taassurot qoldirishdi va xalqaro turnirning eng yaxshilari qatoridan joy oldi.

Ta’kidlash kerak, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining o‘zagini Respublika Olimpiya zaxiralari kolleji tarbiyalanuvchilari tashkil etishadi. Bugun vakillarimiz Italiya safaridan qaytib kelishdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 21:41, 20.12.2021.
O'qildi: 1535 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик