Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon 2-0 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

FMTMda marketing bo‘yicha maxsus seminar bo‘lib o‘tdi

FMTMda marketing bo‘yicha maxsus seminar bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, so‘nggi yillarda futbol mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ilmiy-metodik va innovasion texnologiyalarni joriy etish orqali futbol sohasida yetuk va chuqur bilimga ega kadrlar tayyorlash bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda. Xalqaro talab va standartlar asosida futbol bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash maqsadida O‘FA qoshida Futbol mutaxassislarini tayyorlash markazi (FMTM) faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bugun mazkur markazda marketing yo‘nalishi bo‘yicha professional futbol klublari mutaxassislari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi.

Uni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘qituvchisi Anatoliy Shirov olib bordi.

Seminarda futbol klublarini rivojlantirish uchun marketing yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yuzaga kelayotgan muammolar, klublarning mavjud infratuzilmasidan foydalangan holda qo‘shimcha daromadlar olish usullari, muxlislarni jalb qilish kabi mavzularda o‘zaro fikr almashildi. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, seminar zamonaviy innovasion va interaktiv ko‘rinishda o‘tkazildi va bu ishtirokchilarning yanada faol bo‘lishiga turtki bo‘ldi.

Mazkur darsga O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov ham tashrif buyurdi.

Ravshan Ermatov marketingni futboldagi o‘rni muhimligini qayd etib, bu borada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ko‘plab vazifalar, sohadagi mutaxassislarning malakasini oshirish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Seminar ishtirokchilari marketing yo‘nalishi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ilmiy asoslangan javoblar olishdi.

Manba: Telegram.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 19:13, 22.12.2021.
O'qildi: 1133 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик