"Lill" yarim himoyachisi Jonatan Ikone faoliyatini Italiyada davom ettiradi.
Jurnalist Fabrisio Romanoning yozishicha, 23 yoshli fransiyalik futbolchi tez orada “Fiorentina”ga yo‘l oladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u bugun Florensiyaga uchib ketadi va u yerda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Transfer summasi taxminan 14 million yevroni tashkil qilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Fransiya chempionatining joriy mavsumida Ikone 18 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.