Madridning "Real" klubida bir qator futbolchilar safga qaytishdi.
Ispaniyaning "Marca" nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Rodrigo, Garet Beyl, Davide Anchelotti va David Alaba COVID-19 uchun salbiy test topshirishdi. Ular jamoaning navbatdagi o‘yinida ishtirok etishi mumkin, deyiladi xabarda.
Yuqoridagi futbolchilar kasallik tufayli "Qirollik klubi"ning La Ligadagi bir nechta o‘yinini o‘tkazib yuborgan edi.