"Roma" klubi "Arsenal" yarim himoyachisi Eynsli Meytlend-Naylsga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi "ESPN".
Manbaga ko‘ra, italiyan klubi 24 yoshli angliyalik futbolchini sotib olish huquqi bilan 2021/22 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchi. Qayd etilishicha, futbolchining o‘zi o‘yin amaliyoti yo‘qligi sababli jamoasini o‘zgartirish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor.
Qayd etish joiz, 2021/22 yilgi mavsumda Meytlend-Nayls “Arsenal”ning 11 ta o‘yinida qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt.com portali futbolchini 12 million yevroga baholamoqda.