Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Luish Nani hikoyasi... (1-qism)

Luish Nani hikoyasi... (1-qism)

Baho:
+ | -

Bu juda og‘ir hikoya. Chunki u ochlikdan boshlanadi.

Yoshlik davrimdagi kunlardan birida tangri meni futbolchi bo‘lishim uchun tanlaganiga amin bo‘lganman. Men onam va 8 nafar aka va opalarim bilan yashar edim. Uyimiz birgina yotoqxonadan iborat va uning polini tagida kalamushlar va kalta kesaklar yashar edi. Yeyishga hech vaqoyimiz yo‘q.

Biz hayotimiz uchun kurashar edik. Ammo kunlardan birida qornimizni to‘yg‘azish uchun katta akamning xayoliga bir fikr kelib qoldi.

Bu qanday fikrligini va u ish bergan bermaganini aytishimdan oldin biz qanday qilib bu holatga kelib qolganimizni tushuntirib berishim kerak. Bir necha yil oldin, 7 yoshlik paytimda biz otam qurgan uyda turar edik. U yog‘ochdan yasalgan edi. Yomg‘ir yog‘sa biz tomni plastik bilan yopar edik. Oxir-oqibat otam yetarlicha pul to‘plab munosib jihozlardan uyni qaytadan qurishga kirishdi.

Lekin uyni oxirigacha qurib ulgurmasidan, u bizning asli vatanimiz Kabo-Verdega yo‘l oldi. Men uni bir necha haftaga ketgan deb o‘ylagan edim. Ammo oradan oylar o‘ta boshladi. U qaytmadi.

Men u bilan nima sodir bo‘lganini bilmasdim. Balki u yerda uning yana farzandlari bordir? Balki ularni ko‘rgani ketgandir? Men faqat bir narsani uni yaxshi ko‘rishimni bilardim. Uning ketishi hayotimizni yanada qiyinlashtirdi. Onamga yanada qiyin bo‘ldi. Uning 4 qizi va 5 o‘g‘li bor edi va ularga qayg‘urishi kerak edi. Men esa ular orasida eng kichigi edim. Biz Lissabondan unchalik ham olisda bo‘lmagan Amadora deb ataladigan sokin bir tumanda yashar edik. Bizdan 5 daqiqa yo‘l uzoqligida Santa-Filomena deb ataladigan davlat tomonidan qiynalgan oilalar uchun qurilgan yotoqxonalar bor edi. U yerda yomon ishlar ko‘p sodir bo‘lardi. Sababi bu yerda yashovchi aholi turli millat va turli madaniyat vakillari edi. U yerda angoliyaliklar, lo‘lilar va boshqa millatlar o‘rtasida tez tez to‘qashuvlar yuz berib turardi. Bu yerda polisiya va tez yordam mashinalarini ko‘rish oddiy hol edi. Otishmalar haqida ham eshitganman. Ammo onam bulardan qo‘rqmasdi. U bizni tovuq jo‘jalarini himoya qilganidek himoya qilardi. Shu tufayli hech kim meni hafa qila olmasdi.

Onam bizning qornimizni to‘yg‘izish uchun qo‘lidan kelgancha mehnat qilardi. U qo‘shiqchi edi va restoranda kuylardi. Shu bilan birgalikda o‘t o‘chirish departamentida ham ishlar edi. Onamga bo‘lgan bosim o‘ta yuqori darajada edi. Oradan bir necha yil o‘tib u o‘ziga boshqa umryo‘ldosh topdi. Bu paytda biz hali ham otam qura boshlagan uyda yashar edilk ammo uning yangi do‘sti biz bilan bu uyda yashashimizni xohlamadi. U bizni o‘z uyga olib ketishni istadi. Uning uyini holati biznikidan ham yomonroq edi. Biroq biz onam bilan birga bo‘lishni istadik va birga uning uyiga ko‘chib o‘tdik. Biz jami 10 kishi edik va bitta yotoqxonada uxlashimizga to‘g‘ri kelardi. Uyda bitta oshxona va bitta xojatxona bor edi xolos. Vaqt o‘tgani sari kalamush va kalta kesaklar biz uchun odatiy holga aylanib qoldi. Yoshlik paytingda barchasiga tez ko‘nikar ekansan. Ammo bir narsaga ko‘nikib bo‘lmasdi, bu - ochlik.

Davomi bor...

Manba: https://t.me/Turdialiyev_Hasan
Kiritildi: 09:23, 25.12.2021.
O'qildi: 2246 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.