Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Luish Nani hikoyasi (3-qism)

Luish Nani hikoyasi (3-qism)

Baho:
+ | -

Tangri hayotim davomida menga to‘g‘ri insonlarni ham ro‘baro qildi. Ulardan birinchisi Sabino, mening eng yaqin do‘stim. Aynan u meni 7 yoshlik paytimda mashg‘ulotga taklif qilgan. Esimda, men uyga mashg‘ulot uchun qo‘shimcha kiyim olgani borgan edim va o‘zim bilan eski shorti, jinsi, ko‘ylak va oqshomda kiyish uchun poyabzal olgan edim. Ko‘chaga chiqqanimdan so‘ng yomg‘ir quyib yubordi. Sabino meni poyezdga o‘tirishimni aytgandi, ammo menda chipta uchun pul yo‘q edi. Shu sababli u yerga yugurib yetib olishimga to‘g‘ri kelgandi. Stadionga yetib borganimdan so‘ng eski kiyimlarimni kiyib maydonga tushayotganimda, boshqa bolalar menga qarab shunday deyishardi: «Haahahaaa! Anaviga qara! U ustiga nima kiyib olgan?»

O‘yin boshlandi. Yomg‘irdan keyin maydon juda yomon holatda edi. Ammo men uchun bu muammo emasdi. Bir necha o‘yinchini aldab o‘tdim va BUM! Gol. Keyin esa uzoq masofadan zarba yo‘llab ko‘rdim. BUM! Yana bitta gol. Birozdan so‘ng murabbiy meni qo‘limdan ushlab oldi va shunday dedi: «Hoy, sen! Menga qara. Kimsan? Bu yerga qanday qilib kelib qolding?» Men esa unga: «Yugurib keldim».

U bosh chayqab dedi: «Ertaga ham shu yerga kel bolakay. Biz senga o‘zinga munosib ustibosh beramiz».

Tangri hayotimda menga uchrashtirgan yana bir inson Mustafo edi. Esingizda bo‘lsa biroz avval Santa-Filomena, qiynalgan insonlar uchun davlat tomonidan qurilgan kompleks haqida aytgan edim. U bilan aynan o‘sha yerda tanishganman. U Afrikalik bir qariya edi. Bizning o‘yinimizni o‘z uyidan tomosha qilib turardi va ba’zida bizni yonimizga kelib aslida qanday harakat qilish kerakligini ko‘rsatib berardi. U menga shunday derdi: «Yo‘q! Sen uni mana bunday qilib aldab o‘tishing kerak!»

Ko‘pchilik bolalarga u yoqmasdi va ular Mustafoni ko‘rishsa: «O, yo‘q, faqat shu qariya emas» – deyishardi. Lekin men Mustafodan ko‘p narsalarni o‘rgangim kelardi. U meni hech qachon Nani deb chaqirmasdi. Menga Luis deb murojat qilardi. Nani laqabini opalarimdan biri o‘ylab topgan. Ular bu yoqimli eshitilishini aytishardi.

Oxir-oqibat u mazkur bolalardan bir jamoa to‘pladi va qo‘shni jamoalar bilan o‘yinlar tashkil eta boshladi. Biz Santa-Filomena tumanidagi bolalarga qarshi o‘ynar edik. Esimda, ular juda zo‘r o‘ynashardi. Yaxshiyamki akam Paulo meni ko‘chada qanday qilib o‘zimga javob bera olishga o‘rgatgan edi. U juda katta edi. Rostan ham u meni hafa qilgan bolalarni ko‘pchilikni yig‘latgan. U men bilan ham jiddiy suhbatlashardi. Agar biror narsada xatoga yo‘l qo‘ysam meni urardi ham. Ammo akamsiz men bu darajaga yeta olmasdim. U tufayli ham men ko‘pchilik yomon ishlardan yiroq yurardim. Qiziq tomoni, uning o‘zi bu yomon yo‘ldan o‘zini qaytara olmasdi. 10 yoshga to‘lganimdan so‘ng meni tengqurlarim sigaret chekishni boshlab yuborishgandi. Ammo men unday qilmadim. Men «Real Massama» jamoasida o‘ynay boshladim. Mazkur jamoa ham men uchun Xudoning marhamati desam bo‘ladi. Avvallari men mashg‘ulotlarga poyezdda borardim. Ammo chiptaga pulim yo‘q edi. Shu tufayli inspektorlar meni ushlab olishganidan so‘ng har safar: «Boshqa bunday qilma, bolakay» – deyishardi.

Men shunday deb javob berardim: «Yaxshi, boshqa qilmayman». Ammo ertasi kuni yana shu takrorlanardi.

Biroq murabbiylarim bunda xabar topishgach menga chipta uchun pul ajrata boshlashdi. Ular uyda kam ovqat yeyishimni bilib meni ovqatlantirishar ham edi. Ayrim jamoadoshlarim esa menga o‘z kiyimini berar va ba’zida o‘z uyida yashab turishimga ham ijozat berishardi.

Baxtimga bir necha yil o‘tib oilam kalamushlar bilan to‘la uyni tark etdi. Ammo endi menga qayerda yashashimni farqi yo‘q edi. Meni hayotim futbol bo‘lib qolgandi.

Men xayolan mana shu loy maydonda yashar edim. Men unga juda bog‘lanib qolgandim. Har kuni soat yettida uyg‘onib yugurishga chiqardim. Yomg‘ir, qor bo‘lishiga qaramay. Mustafo men haqimda qolganlarga shunday derdi: «Bu bolakay Lui. U yemaydi, ichmaydi. Unga faqat mashg‘ulot bo‘lsa bo‘ldi. Boshqa narsa uni qiziqtirmaydi»

Davomi bor...

Manba: https://t.me/Turdialiyev_Hasan
Kiritildi: 10:30, 25.12.2021.
O'qildi: 2775 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.