Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Luish Nani hikoyasi (so‘nggi qism)

Luish Nani hikoyasi (so‘nggi qism)

Baho:
+ | -

Agar siz menga hali ham ishonmagan bo‘lsangiz. Sizlarga aytishim mumkin bo‘lgan yana bir hikoya bor. So‘nggi hikoya...

12 yoshlik paytimda men do‘stim Sabino bilan Mustafo murabbiyligida bir jamoada o‘ynar edik. Uning nomi «Bairro 6 de Maio» edi. Biz raqib maydoniga kelganimizda avtomat ko‘tarib olgan polisiya xodimlari bizni tintuv qilishgandi. Raqib jamoa futbolchilari esa bizdan 2-3 yoshga katta edi.  

O‘yin boshlanganidan keyin ular bizni qo‘rqitish uchun baqira boshlashdi. «Anavini oyog‘iga tep. Qattiqroq o‘yna!». Maydon tashqaridagilar ham bizga bosim qilishardi. Qo‘rqib ketgandim. Barchamiz qo‘rquvda edik. Ular esa ketma-ket gollar urishardi. Tanaffusda hisob 9:2 ko‘rinishiga keldi.

Tanaffusda o‘zaro suhbatlashdik va bir birimizni tanqid qildik.
«Ko‘proq yugurishimiz kerak!»
«Hoy nega qo‘rqyapsan?»

Keyin esa Mustafo shunday degandi: «Yigitlar, tinchlaning. Biz bu o‘yinni yutamiz. Shunchaki o‘yindan rohatlaning».

Biz chuqur nafas oldik. Keyin esa u Sabino va menga qarab shunday dedi: “Sabino, Luish, biroz tanaffus qiling. Keyin yana maydonga qaytasiz".

Ikkinchi taym boshlanganidan so‘ng biz yaxshiroq o‘ynay boshladik. Endi kamroq asabiylashardik. Mustafoning nutqi ish berdi. Sabino va men maydonga tushganimizdan so‘ng gol urdik. Keyin yana bitta gol. Kutilmaganda muhit o‘zgara boshladi. Qo‘rquvimiz yo‘qoldi. Biz endi turli xil texnik harakatlar va fintlar qila boshladik. Stadion chetidagi insonlar bir-birlariga qarab shunday deyishardi: «O, Xudoyim, sen buni ko‘rdingmi? Ajoyib yigitlar ekan!». Muxlislar endi bizni ko‘proq qo‘llab-quvvatlay boshlashdi. Biz o‘yinda to‘liq ustunlik qila boshladik. Tumandagi ayrim qizlar bizga suv berishga o‘tishdi. Aynan o‘sha vaqtda endi bizni yengib bo‘lmasligini his etdik. Yakunda 16-12 hisobida g‘alaba qozondik.

Odamlar o‘yin yakunlanganidan keyin stadionga yugurib chiqishdi, ular aqldan ozishgandi. «Oh! Oh! Bu ajoyib bolalar ekan. Aql bovar qilmaydi!»

Keyin esa bir qiz yonimga keldi va ruchka bilan qog‘oz uzatdi.

Men esa unga qarab: «Buni nima qilaman?» deb o‘ylanib qoldim.
«Imzo qo‘y, qog‘ozga qo‘lingni qo‘y» – dedi Mustafo.
Men nima yozishga xayron edim.
«O‘z ismingni yoz!» – dedi murabbiyim.

Shunday ham qildim. Keyin esa Musftafo meni quchoqladi va menga shunday dedi: «Omadli qiz ekan. Bir necha yillardan keyin bu dastxatni katta pulga sotsa bo‘ladi». Lekin Mustafo adashgan edi. Chunki men u yerga Luish deb yozgandim.

Luish Nani intervyusidan olindi.

Tugadi.

Hasan Turdaliyev.

Manba: https://t.me/Turdialiyev_Hasan
Kiritildi: 12:30, 25.12.2021.
O'qildi: 2885 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.