Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Benzemani kelgusi yil mas’uliyatli vazifalar kutmoqda

Benzemani kelgusi yil mas’uliyatli vazifalar kutmoqda

Baho:
+ | -

Karim Benzema ayni paytda Karlo Anchelottining jamoadagi asosiy yulduzi va tayanchi bo‘lib qolmoqda. Fransuz hatto, joriy mavsum «Oltin to‘p» uchun laureatlar qatoriga ham kiritildi. Karim yaqinda 34 yoshga to‘ldi, ammo shunda ham Yevropaning eng yaxshi hujumchilari qatorida tilga olinmoqda.

Benzemaning 2022 yil uchun katta rejalari bor.

Quyida ular haqida qisqacha to‘xtalamiz.

Afsonaviy Di Stefanoning natijasini yangilash

«Real Madrid» safida 582 ta o‘yinda 299 gol urgan Benzema kelasi yil Alfredo Di Stefanoni (308) ortda qoldirishi mumkin. Bu bilan u klub tarixidagi uchinchi to‘purarga aylanib oladi. Biroq Raul (323) va Krishtianu (451)ga yetishish uchun hali biroz vaqt bor.

2. Chempionlar ligasida 5 marta g‘alaba qozonish

Agar Karim va uning jamoasi joriy mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib chiqsa, fransiyalik futbolchi turnirni olti marta yutgan Pako Xentodan atigi bir sovrin ortda qoladi xolos. Bu albatta, katta natija. Ushbu turnirda erkin harakat qiluvchi «Real» uchun bu borada imkoniyatlar yetarli.

3. Fransiya bilan Qatarda Jahon chempioni bo‘lish

Valbuena bilan bog‘liq voqealar tufayli terma jamoadan 6 yil uzoqlashgan Benzema nihoyat bu yil yana chaqiruv oldi va kelishi bilanoq jamoaning asosiy o‘yinchisiga aylandi. Fransiya esa Qatardagi jahon chempionatining asosiy favoritlaridan biri.

Tyerri Anrini ortda qoldirish

Benzema faoliyati davomida 400 dan ortiq gol urgan ikkinchi fransuz to‘purari bo‘ldi. Uning maqsadi - Tyerri Anrini (411) ortda qoldirish. Hozir Karim hisobida 401 ta gol bor.

Pichichini yutish

Mavsum yakunida Karim Ispaniyaning eng yaxshi to‘purariga aylanishi mumkin. Leo Messining ketishi bunga yo‘l ochdi. Benzema ayni dam «Atletik»ga qarshi o‘yindagi dubli evaziga 15 ta gol bilan La Liga to‘purarlar jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 22:39, 25.12.2021.
O'qildi: 1872 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.