Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Vulverxempton» APLdan tushib ketgach, o‘z yulduzini sotuvga qo‘ydi

«Vulverxempton» APLdan tushib ketgach, o‘z yulduzini sotuvga qo‘ydi

Baho:
+ | -

«Vulverxempton» klubi markaziy yarim himoyachisi Joao Gomes kelayotgan yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. CaughtOffside nashrining xabar berishicha, Premyer-ligani tark etgan «bo‘rilar» o‘zlarining eng qimmat aktivlari bilan xayrlashishga tayyor.

Klub Gomesning sotuvidan kamida 46 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi uchun asosiy da’vogarlar «Liverpul» va «Manchester Yunayted» klublari bo‘lib turibdi. Shuningdek, yarim himoyachining transferi Madridning «Atletiko» hamda «Kristal Pelas» klublari tomonidan ham ko‘rib chiqilmoqda.

Ma’lumot uchun, Joao Gomes joriy mavsumda barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida bitta gol va uchta golli uzatma mavjud.

Kiritildi: 17:29, 10.05.2026.
O'qildi: 2482 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик