«Barselona» hujumchisi Ferran Torres faoliyatini «Pari Sen-Jermen»da davom ettirishga tayyor.
Ispaniyalik futbolchi Fransiya grandiga uzil-kesil javobini berdi — u Luis Enrike jamoasiga o‘tishga rozilik bildirdi, deb xabar beradi Diario Sport. «PSJ» bitimni keyingi haftagacha, ya’ni futbolchi jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytishi kerak bo‘lgan vaqtgacha yakunlamoqchi.
Avvalroq «Barselona» Torres bo‘yicha takliflarni kutayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi, chunki klub uning yaqindagi bayonotlarini ketish istagiga ishora deb baholagan. Bundan oldin Kataloniya klubi dunyo chempionini jamoada olib qolishga moyil edi va unga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirayotgandi. Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli forvardning amaldagi shartnomasi keyingi yilda tugaydi.













