Hujumchi Endrik yana ijara huquqi asosida «Real»ni tark etishi mumkin. Bu haqida Ekrem Konur xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, braziliyalikning agenti o‘z mijozi uchun Yevropadan yangi jamoa qidirmoqda. Yaqin orada «Fenerbaxche» bilan muzokaralar bo‘lib o‘tishi kerak.
Shu bilan birga, Endrik uni ijaraga olishga qiziqayotgan har qanday klubdan muntazam o‘yin amaliyoti kafolatini talab qiladi. Forvardni ijaraga olishni, shuningdek, «Fiorentina» va «Roma» klublari ham istamoqda.













