Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

Rodrining «Real»ga transferi nega barbod bo‘lgani ma’lum

Rodrining «Real»ga transferi nega barbod bo‘lgani ma’lum

Baho:
+2 | -

Rodrining «Real»ga transferi barbod bo‘lganining yangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

Jurnalist Serxio Valentinning ma’lumotiga ko‘ra, Madrid klubi ispaniyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga juda yaqin edi, biroq bitim klub rahbariyatining transfer narxini pasaytirishga urinishi sababli barbod bo‘lgan. Manbaning ta’kidlashicha, «Real» Rodrining o‘zi bilan allaqachon kelishuvga erishgan va «Manchester Siti» bilan ham bitim tuzishga yaqin kelib qolgan edi. Ammo klub bosh skauti Xuni Kalafat aralashuvidan so‘ng, prezident Florentino Peres narxni tushirishga erishish umidida muzokaralarni vaqtincha to‘xtatib turishga qaror qilgan.

Qayd etilishicha, Angliya klubi moliyaviy shartlarni o‘zgartirishdan bosh tortgan. «Real» bitimni paysalga solib turgan bir vaqtda, yarim himoyachi uchun kurashga «Barselona» qo‘shilgan. Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi sport direktori Deku, bosh murabbiy Xans-Diter Flik va Rodrining Ispaniya terma jamoasidagi bir nechta sheriklari futbolchi bilan muzokara o‘tkazib, uni kataloniyaliklar lageriga o‘tishga ko‘ndirishgan.

Kiritildi: 21:48, 06.08.2026.
O'qildi: 7841 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик