Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Afsonaviy Zidanning so‘nggi mavsumi (2-qism)

Afsonaviy Zidanning so‘nggi mavsumi (2-qism)

Baho:
+ | -

Prezidentning chaqiruvi, sirli ovoz, yoki Zidan qanday ketib, qanday termaga qaytdi

Zidan faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan mashaqqatli matbuot anjumanidan so‘ng, fransiyalik futbolchi dam olish va oilasi bilan birga bo‘lish uchun uyiga keldi. Madridning jazirama quyoshidan so‘ng uyida, yozgi ayvonda soyada o‘tirib, hali bir yoshga to‘lmagan kichkina Eliasga qaragan Zidan qo‘ng‘iroq ovozini eshitdi. Fransiyalik Jan-Rene Shirak, Zizu katta futbolni tark etayotganini gazetalardan bilgan. Mamlakat rahbari Zizu va uning faoliyatiga tan berganini aytgan, shuningdek, terma jamoa sardoriga bo‘lajak jahon chempionatida yurtiga yordam berish uchun Germaniyaga borganligi uchun minnatdorchilik bildirdi. Ammo 2005 yilda fransuzlarning jahon chempionati saralash bosqichidagi muvaffaqiyatsiz startidan so‘ng, Zidan termadagi faoliyatini davom ettirishga qaror qildi. Albatta bu qarorga o‘sha qo‘ng‘iroqning ham ta’siri bo‘lgan.

Fransiya 2004 yilda Portugaliyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatiga amaldagi chempion maqomida yo‘l oldi, ammo ular chorak final bosqichidayoq Gresiya terma jamoasiga minimal hisobda yutqazib qo‘yishdi. Zidan ajoyib turnir o‘tkazdi va Zizu g‘alabali dublga erishgan Angliyaga qarshi o‘yin Yevropa chempionatlarining klassikasiga aylanadi. Ammo Zizu uchun bu yetarli yetarli emas edi, fransuzlar 2000 yilda o‘z uyida jahon chempionligi va Yevro chempionligini qo‘lga kiritgan afsonaviy jamoaning xira soyasiga o‘xshardi. Yelisey maydonlarini qo‘shiq kuylagan futbolchilar esa sekin-asta terma jamoani tark etishdi. Blan, Desham, Lebyof, Dyugarri, Djorkayeff, shuningdek, Peti va Karambeu terma jamoani Yevrodan oldin tark etishgan, turnirdan keyin esa Desayli, Lizarazu, Tyuram va Makelele ketishgan. Zidan yaxshi o‘yin ko‘rsatganiga qaramay, u holdan toygan edi, jarohatlar va Madriddagi og‘ir mavsum Zizuning ruhiy holati va jismoniy holatiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 12 avgust kuni Zidan endi ikki frontda o‘ynay olmasligini va "to‘xta" deyish vaqti kelganini aytib, terma jamoadagi faoliyatiga nuqta qo‘yishga qaror qildi. Bu qarorni ko‘pchilik tushunmadi, lekin qabul qildi.

   Zizu ketganidan so‘ng milliy terma jamoada turg‘unlik boshlandi, Fransiya himoyaviy jamoaga aylandi. Germaniyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga saralash guruhida Fransiyaning raqiblari Isroil, Kipr, Shveysariya, Farer orollari va Irlandiya terma jamoalari bo‘ldi. Saralashning dastlabki oltita o‘yinida “Le Bleu” bor-yo‘g‘i ikkita – Kipr va Farer orollari ustidan g‘alaba qozona oldi. Qolgan o‘yinlarda durang qayd etildi. Jamoa maydonda ham, maydon tashqarisida ham juda ko‘p muammolarga duch keldi. Avvalroq Fransiya yoshlar terma jamoasini tarbiyalagan “uch ranglilar”ning yangi ustozi Raymon Domenek, yumshoq qilib aytganda, jamoada obro‘dan bahramand bo‘lmagan va terma jamoa rahbarlari bilan til topa olmagan edi. Portugal yevrosidan so‘ng Zidan “Real” yarim himoyachisi, terma jamoa sardori va yetakchisi bo‘lganiga qaramay, Domenek Zizu faoliyatini yakunlashini e’lon qilgunga qadar undan maslahat olmaganiga juda g‘azablangan edi. Axir Domenek Zidanning ushbu darajaga yetishiga katta hissa qo‘shgan murabbiylardan biri edi.

 Ammo 2005 yil avgust oyida mo‘’jiza yuz berdi - Zinedin Zidan o‘zining sobiq ustozini saqlab qolishga qaror qilib, terma jamoaga qaytdi. Gazetalar hayratlanarli sarlavhalar bilan chiqdi: "Qirol qaytib keldi", "U qaytmoqda". Matbuotda futbolchi ham, murabbiy ham kutilmagan qaytish haqidagi stereotipli izohlardan voz kechishdi, ammo bir marta France Football nashriga intervyu berarkan, Zizu o‘z vataniga qaytish istagini uyg‘otgan sirli inson haqida gapirdi: "Bir kuni ertalab soat 3 larda men to‘satdan uyg‘onib ketdim va keyin u bilan gaplashdim", dedi Zizu qaytib kelishi sababini tushuntirib. “O‘lgunimcha, bu qanday odam ekanligini hech qachon aytmayman, bu shunchaki aqldan ozish. Bu, ehtimol, siz hech qachon uchrashmaydigan odam. Keyingi soatlarda men bu odam bilan uyda yolg‘iz qoldim va qaytishga qaror qildim. Men ilgari hech qachon bunday his qilmaganman, xatti-harakatimni boshqargan bu kuch meni ruhlantirayotganini his qildim. Bu men uchun vahiy edi, men maslahat bergan ovozga bo‘ysunishim kerak edi ". Uning ortidan Tyuram va Makelele terma jamoaga qaytishdi va bu terma jamoaga ishonch bag‘ishladi. Domenek shogirdlari qolgan 4 ta o‘yinda 3 ta g‘alabaga erishib, katta qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, mundialga yo‘l olishdi.

Davomi bor.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:00, 27.12.2021.
O'qildi: 2744 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.