Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Yurgen Klopp: «Liverpul» - shubhasiz, ulkan klub, global brend»

Yurgen Klopp: «Liverpul» - shubhasiz, ulkan klub, global brend»

Baho:
+ | -

2015 yilning 8 oktyabr kuni «Liverpul» Yurgen Kloppning jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini e’lon qilgandi. Shu kuni «qizillar»ning yangi ustozi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, u bilan birga mersisaydliklar yaqin olti yil ichida Chempionlar Ligasi g‘olibi, Angliya chempioni, klublar o‘rtasidagi jahon chempioni va UYEFA Superkubogi sohibiga aylanishdi. Germaniyalik mutaxassis boshqaruvida «qizillar» 344ta uchrashuv o‘tkazib, 713ta gol urishgan, 208ta o‘yinda g‘alaba qozonishgan. Yurgen Klopp g‘alaba qozonish ko‘rsatkichi bo‘yicha 60 foizli natija qayd etib, «Liverpul»ning shonli tarixida tengsiz murabbiyga aylandi. Klopp ayni payt faoliyatidagi ketma-ket 20-, «Liverpul»dagi 7-mavsumini o‘tkazmoqda. Ushbu yubiley munosabati bilan mashhur This Is Anfield sayti Yurgen Kloppdan katta intervyu oldi.

- Yurgen, 20 yil oldin o‘zingizga qanday maslahat bergan bo‘lardingiz?

- Xavotir olma, hammasi yaxshi bo‘ladi! Albatta, murabbiylik faoliyatimni boshlagan paytimda voqealar bunday tus olishini bilmasdim. Bu qancha davom etishi, sizga qancha vaqt berishlarini bilmaysiz. Lekin men har doim boshidanoq butun mehnat faoliyatimni bag‘ishlamoqchi bo‘lgan yagona narsa shu ekanligini bilardim. Qaysidir ma’noda bosim ostida bo‘ldim, bunday pallada qancha vaqtingiz borligini, nechog‘li muvaffaqiyat qozonishingizni bilmaysiz. Muvaffaqiyatga erisha olmaganingizda esa tashvishlana boshlaysiz, shuning uchun o‘zimning yoshligimga maslahatim: «Tinchlan, hammasi yaxshi bo‘ladi».

- Siz o‘zgartiradigan yoki faoliyatingiz boshida sizni bezovta qilgan nimadir bormi?

- Yo‘q, unchalik tashvishlanmadim. Juda ko‘p vaqt ishladim va men ishlagan klublarda hech qachon tashvishlanishga hojat bo‘lmagan. Tez orada ma’lum bo‘ldiki, hayratlanarli darajada ish uchun zarur bo‘lgan malakaga egaman. Yakshanba kuni o‘yinchi edim, dushanba kuni esa murabbiyga aylandim, shuning uchun afsuslanishimga hojat yo‘q. Ha, futbolchilik paytimda murabbiy bo‘lishni, «Mayns» shtabiga kirishni juda xohlagandim, rejam shunday edi. Murabbiy bo‘lganimda, klubim bilan futbolchi sifatida tuzilgan amaldagi shartnomam tugashiga hali bir necha yil bor edi. Bundan umuman tashvishlanmadim.

- Murabbiylik faoliyatingizdagi qaysi o‘yinni tribunada o‘tirgan holda yana bir bora kuzatishni hohlardingiz?

- Hammasi oddiy: «Barselona» bilan o‘yinni. To‘g‘risini aytsam, bu bahsni stadionning turli nuqtalaridan tomosha qilishni istardim! Bilaman, biz finallarda o‘ynadik va g‘alabalarga erishdik, tabiiyki, bu uchrashuvlar ham ajoyib. Men Dortmund bilan chempion bo‘ldim, «Mayns» bilan esa ko‘tarildim, bunga aql bovar qilmaydi, shunday ekan, yana bitta kuzatishim shart bo‘lgan o‘yin bor: «Mayns» bilan mavsumning yakuniy bahsi. Bu o‘yin o‘ziga xos bo‘lgandi. Nima uchun? Chunki, o‘sha mavsumdan ikki yil oldin bitta ochko yetishmasligi, bitta gol farqi va shunga o‘xshash sabablar tufayli muvaffaqiyatga erisha olmay qiynalardik. Lekin «Barselona»ga qarshi kechgan o‘sha dramatik uchrashuv baribir yagona. Men bunday o‘yin yana takrorlanishiga ishonmayman. U juda g‘ayrioddiy, noyob uchrashuv edi, vaziyat aql bovar qilmaydigan darajada qiyin edi va yigitlar o‘zlari istagan ishni qilishdi. Shuning uchun men ushbu o‘yinni tanlagan bo‘lardim.

- «Liverpul»dagi 6 yillik faoliyatingizda klub va shahar haqida sizni ko‘proq nima hayratda qoldirdi?

- Hissiyotlar. Men bu haqda bilardim, lekin aniq o‘lchovdan bexabar edim. Va klubga muhabbat. «Liverpul» - shubhasiz, ulkan klub, global brend... Ammo ichkarida biz yaxshi ma’noda juda kichikmiz, shuning uchun doimo bir-birimizga yopishib olganmiz. «Mayns»da dastlab futbolchi, keyin esa murabbiy bo‘lganman, shuning uchun hech narsani o‘zgartirishim shart emasdi, bir xil libosda yurardim va hech kim mendan o‘zimni murabbiydek tutishimni so‘ramagan. Axir bir kun oldin futbolchi edim, nega endi nimanidir o‘zgartirishim kerak? Shu ma’noda, bu juda oddiy edi. Keyin Dortmundga ko‘chib o‘tdim va endi kiyinishim kerak, deb o‘yladim, chunki bu katta klub. Boshida jinsi shim va futbolka kiyib yurardim, ammo to‘rt-beshta o‘yindan so‘ng yana sport libosimga qaytsam bo‘ladi, deb o‘yladim. Keyin esa Liverpulga kelasiz va endi nima bo‘lishini o‘ylay boshlaysiz. Ammo endi men allaqachon ulg‘aygandim, donoroq bo‘ldim va yana o‘zgarishim shart emasdi. Shunday ekan, bunday katta klubda o‘zing kim bo‘lsang, qanday bo‘lsang, shunday bo‘lib qolishing ajoyib. Shuning uchun men bundan hayratda qolmadim yoki hayron bo‘lmadim, lekin juda quvondim.

- Faoliyatingiz davomida birga ishlay olmagan futbolchilardan qaysi biriga ustozlik qilishni hohlardingiz?

- Bu oson. Albatta, Stivi. Uch-to‘rt yil avval mavsum yakunlangach, Sidneyda o‘ynaganmiz va jamoamiz to‘liq tarkibda emasdi, shuning uchun Makmanaman, Agger, Jeymi Karrager va Stivini taklif qilgandik. To‘g‘risini aytsam, men «Liverpul»ni, uning qanday o‘ynashini bilardim va albatta, bularning barchasini ko‘rdim, hatto o‘sha paytga qadar u shunday yetuk yoshga yetgan bo‘lsa ham. Biroq ularning barchasi juda yaxshi edi. Ammo Stivi... o‘sha payt qanday futbolchi edi-ya! Aql bovar qilmaydi, Jerrard bilan birgamiz, u futbolchi, men esa murabbiy, ajoyib bo‘lardi. Shunday qilib, tanlovim Stivi. Olti yil oldin boshqacha javob bergan bo‘lardim, lekin hozir men shu yerdaman va uni ham futbolchi, ham shaxs sifatida yaxshi bilaman.

- Faoliyatingiz tugaganidan keyin nima bilan shug‘ullanasiz?

- Dunyoni ko‘rmoqchiman. Yosh ota, o‘rtamiyona o‘yinchi edim va dunyoni ko‘rishga vaqtim ham, pulim ham yo‘q edi. Ke­yin murabbiy sifatida ishlay boshladim va bo‘sh vaqtim butunlay yo‘qoldi, ammo pul sezilarli darajada ko‘paydi! Xohlasam, butun dunyoni ko‘ra olardim, lekin bunga vaqtim yo‘q, ana shunday. Mavsumlar oralig‘ida-chi? Yozda ko‘proq sayohat qilishim mumkin edi-ku! Lekin dastlabki ikki haftani xuddi sprinterlarning 100 metrlik poygadan keyingi holatida o‘tkazaman, ya’ni chuqur-chuqur nafas olaman. «Liverpul»da yana uch yil muddatim bor, bu futbolda ancha uzoq vaqt. Umid qilamanki, shu vaqt ichida biz maksimal muvaffaqiyatlarga erishamiz va faoliyatim yakunlanganidan keyin hordiq chiqaraveraman. Ayni payt butunlay shu yerdaman, kuchim to‘la va imkon qadar uzoqqa borishni xohlayman, keling, qayergacha borishimizni kuzataylik.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 09:09, 28.12.2021.
O'qildi: 2089 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.