"Vulverxempton" Angliya chempionatining 21-turi doirasida "Manchester Yunayted"ni mehmonda taslim qildi. Uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi.
Hujumchi Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ga qaytganidan keyin birinchi marta jamoada sardorlik bog‘ichini oldi. "The Mirror" xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi klub faoliyatida 11-marta sardor bo‘ldi va bu maqomdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi.