“Napoli” bosh murabbiyi Luchano Spalettida COVID-19 testi ijobiy chiqdi va Kevin Malkyui va Mario Rui ortidan “Yuventus”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.
O‘yin 6 yanvar payshanba kuni Turinda bo‘lib o‘tadi.
2020/21 yilgi mavsumda xuddi shunday voqea sodir bo‘lgandi. Keyin Neapol klubi texnik mag‘lubiyatga uchradi. Turinda kechgan uchrashuv esa “Yuventus”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi.