"Aston Villa" bosh murabbiyi Stiven Jerrard Filipe Koutinyo bilan telefon orqali suhbat qilgan. Bu haqida "Mirror" nashri ma’lum qildi.
Jerrard va Koutinyo o‘tmishda "Liverpul"da jamoadosh bo‘lishgan va bir-birini yaxshi tushunadi. Shu sabab Jerrard braziliyalikni iyun oyiga qadar ijaraga olishga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Koutinyo faoliyati davomida Yevropaning "Inter", "Liverpul" hamda "Barselona" kabi top klublarida harakat qilgan. U uchun "Arsenal" ham qiziqish bildirayotgan edi.