Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Funksionerlar xaloskormi yoki la’nati?

Funksionerlar xaloskormi yoki la’nati?

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Deniel Levi - yuksak lavozimga «vaqtincha» tayinlangan, lekin 20 yildan beri o‘rnini bo‘shatishni xayoliga ham keltirmayotgan o‘zboshimcha prezident. Agar uning so‘zlariga ishonadigan bo‘lsak, hech qachon «shporlar» hukmdori bo‘lishni orzu qilgan emas. Klub 2001 yilda ENIC tasarrufiga o‘tganida, u ijrochi direktor lavozimini egallagan va tajribali prezidentni topish topshirig‘ini olgandi.

Biroq ungacha kelib-ketgan ko‘pchilik amaldorlar kabi, u ham yuksak maqomga tezda mazaxo‘rak bo‘lib qoldi. Ingliz futbolining taniqli shaxslaridan biriga aylanish imkoniyatidan osonlikcha voz kechishning umuman iloji yo‘q. Boz ustiga, yangi lavozimda Deniel anchayin uddaburo edi: boshqa klublar sohiblari, murabbiylar va agentlar bilan til topishishni o‘rniga qo‘yardi. Bahslashish, savdolashish uning jonu dili edi.

Oradan 20 yil o‘tdi. Endi Levi - APLdagi eng taniqli rahbar. Kim uchundir u mashhur figura, boshqalar esa, masalan, «Tottenxem» muxlislari uni unchalik xush ko‘rishmaydi. Shunisi aniqki, befarqlar yo‘q. Mana shu fakt jamoaning ishlari ko‘ngildagidek ketmayotganligini isbotlaydi. Vaholanki, avvaliga Denielning o‘zi takabbur amaldor bo‘lmaslikka va’da bergandi. Biroq amalda shunday bo‘ldi. Endi u «boss». Anchadan beri...

Kimdir Levi «Tottenxem»ni oyoqqa turg‘azdi desa, bosh­qa muxlis yanada kuchliroq jamoaga aylanishiga to‘sqinlik qilganlikda ayblaydi. «Shporlar» - yo yangi stadion va zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan bekamu ko‘st jamoa yoki doimiy sohibining boylik to‘plash quroli. 20 yil ichida Levi o‘z jamoasini na yevrokuboklar da’vogariga, na birorta sovrin sohibiga aylantirdi. Yaqinda «Tottenxem» Liga kubogini qo‘lga kiritganiga 5000 kun bo‘ldi. 2008 yildagi o‘sha kubok hanuzgacha ENIC davridagi yagona sovrin bo‘lib qolmoqda.

Omadli Pochettino, omadsiz Mourinyo, shumqadam Nunu va nihoyat, Konte - klub goh top-murabbiylarni taklif etish orqali o‘z nufuzini ko‘z-ko‘z qiladi, goh bema’ni qarorlar chiqaradi. Balki endi qandaydir xulosaga kelish oson emasligini tan oladigan fursat yetgandir? XXI asrda «Tottenxem»ning deyarli barcha jamoalarga nisbatan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatganini e’tirof etish shunchalik qiyinmi? «Shporlar» muxlislar klubining fikricha, Nunu qanchalik omadsiz murabbiy bo‘lmasin, uning iste’fosi noto‘g‘ri qaror bo‘lgan. Fanatlarni tushunish mumkin: portugaliyalik murabbiyning taklif etilishi ham, iste’fosi ham puxta o‘ylab ko‘rilmagan qadam bo‘ldi. Ya’ni, Levi Pochettino tiklagan ishonchli qo‘rg‘onni qisqa vaqt ichida vayronaga aylantirdi. So‘nggi muvaffaqiyatlar salmog‘ini xalqaro musobaqalarda qayd etilgan natijalar bilan o‘lchash mumkin.

2017-2019 yillarda cho‘qqiga chiqishdi, keyin pasayish boshlandi. Tarkibni yangilash kerakligi haqida Pochettino qayta-qayta ogohlantirgan bo‘lsada, uni eshitishni istamadilar. Hatto 2019 yildagi yangi xaridlar ham samara bermadi: Jovanni Lo Chelso, Tangi Ndombele va Rayan Sessenyonlar burilish yasay olmadilar, argentinalik murabbiy esa «kuzir»lari qolmaganini tushunib yetdi va bir necha oydan keyin klubni tark etdi.

«Tottenxem» va rahbariyatni tanqid qilishga dalillar bormi? Shak-shubhasiz. Lekin futbol klubini boshqarish oson emasligini ham unutmaslik kerak. Har holda, gap ENIC kelishidan avval faqat 7dan past pog‘onalarni band etgan o‘rtamiyona jamoa xususida bormoqda. Tarkibdagi o‘zgarishlardan keyin 2 oy o‘tgach, «shporlar» mavsumni 12-o‘rinda yakunlashdi. Eng yaxshi o‘yinchi - Sol Kempbell «Arsenal»ga erkin agent maqomida yo‘l oldi. 2001 yildagi «Tottenxem» shunday edi.

«Tottenxem»ning sovrinlardan chetda qolayotgani muxlislar uchun og‘riqli mavzu bo‘lsa, boshqalar uchun latifalar manbai bo‘lib kelmoqda. 5000 kun! Kamsituvchi hirgoyilar yaratish uchun tengi yo‘q ssenariy. Lekin insof yuzasidan aytganda, «shporlar» maydonda ham, uning tashqarisida ham allaqachon yetakchi oltilikdan joy olishgan. Bunda biror-bir badavlat shaxsning ulushi yo‘q.

Futbol iqtisodiyoti eksperti Kiran Maguayrning hisobotiga ko‘ra, «Tottenxem»ning oxirgi 10 yildagi daromadi (2,71 mlrd. funt) «MYU»nikidan (4,95 mlrd.) salkam 2 baravarga kam. Ish haqi jamg‘armasi (1,28) esa «Manchester Siti»nikidan (2,53) 2 baravarga oz. «Arsenal»ning ish haqi jamg‘armasi 1,96 mlrd.ga teng. «Chelsi», «MYU», «Siti»ni qo‘ya turaylik, «shporlar»ning transfer xarajatlari ham 10 yillikni pasayishda o‘tkazayotgan «to‘pchilar»nikidan ancha kam.

Ko‘proq sarflash imkoniya­ti bormidi? Albatta, ha. 2012|2013 , 2015|2016 yillar oralig‘ida yillik aylanma 147 mln.dan 210 mln. funtgacha o‘sgandi. Ammo ish haqi jamg‘armasi 96 mln.dan 100 mln.ga chiqdi, xolos. Ehtimol, jamoaning o‘sha davrdagi muvaffaqiyati Levini «Tottenxem» boshqalarga nisbatan tejamkor ish yuritayotganiga ishontirgandir. Ma’lum muddat ana shu ishonch o‘zini oqladi.

Bundan tashqari, «Tottenxem» infratuzilmaga ham ulkan sarmoya sarflamoqda: mashg‘ulot bazasi va stadionga anchayin badavlat va muvaffaqiyatli klublar ham havas qilmoqdalar. Bu yumushlar klubning nufuzi va raqobatbardoshligini oshirish uchun amalga oshirilgandi. «Uayt Xart Leyn»dagi 45 mln.li yillik daromad bilan uzoqqa borib bo‘lmasdi. Pandemiya yangi stadionga ko‘chib o‘tish dinamikasiga salbiy ta’sir etdi. Shunga qaramasdan, joriy mavsum 100 mln. funt daromad olish mo‘ljallanmoqda.

Lekin nima bo‘lganda ham, Levining «yangi «Tottenxem»ga qiziqib qolgani futbolni unutib qo‘yishiga olib keldi. Yangi stadion, AQSH MFL bilan hamkorlik, global marketing uchun yirik sarmoyalar, omadsizlikka yuz tutgan Yevropa Superligasiga a’zo bo‘lishga urinish... Levi bular uchun mablag‘ini ayamadi, jamoa esa chetda qoldi.

Ko‘pchilik muxlislar fikricha, o‘tgan mavsum nihoyasida Brendan Rojers, Erik ten Xag yoki hatto Roberto Martines, Grem Potter va Eddi Xaular Nunuga nisbatan munosibroq nomzodlar edilar. Antonio Kontening tayinlanishi DNK mavzusi hech qachon jiddiy muhokama etilmaganligini isbotladi. Prezident iloji boricha tezroq qandaydir sovrinni qo‘lga kiritishni istaydi.

Pochettinoning iste’fosi o‘ta ajablanarli qaror bo‘lgandi. Chunki ular o‘zaro juda yaqin munosabatda bo‘lishgan, argentinalik mutaxassis «Tottenxem»ni o‘rtamiyona maqomidan eng nufuzli turnir finalchisi darajasigacha olib chiqqandi. Mourinyo esa aprel oyidagi Liga kubogi finalidan 2 kun avval jamoani tark etgandi. Unga Levi qancha mablag‘ sarflaganini inobatga olsak, o‘ta shafqatsiz qaror.

Hozirda Levi - Konte hamkorligi qanday davom etishi jumboq bo‘lib qolmoqda. Italiyalik murabbiy o‘z shogirdlariga nisbatan qanchalik shafqatsiz bo‘lsa, rahbariyatga ham shunday munosabatda bo‘ladi. «Chelsi» va «Inter»da u jamoalaridagi kamchiliklarni aniqlab, mutasaddilardan tajribali o‘yinchilarni xarid qilishlarini talab etardi. Lekin bu usul «Tottenxem»da naf bermaydi - Levi tejamkorlikni afzal ko‘radi va talabni rad etadi. Kimdir yon berishga majbur.

Biroq Levining izzattalabligini inkor etishning iloji yo‘q. Yozdagi xaridlardan ko‘ngli to‘lmagan sohib kuchli yurishni amalga oshirishi aniq bo‘lsada, aynan Konteni taklif etishi ko‘pchilik uchun syurpriz bo‘ldi. Ayniqsa, italiyalik mutaxassisning 2017 yilda «shporlar»ga nisbatan e’tirofini eslasak: «Agar «Totttenxem» g‘olib chiqa olmasa, fojia bo‘lmaydi. Jamoaning YECHLga chiqolmasligi ham fojia emas. Hatto YECHL 1-raundidan o‘ta olmasa ham. «Arsenal», «Manchester Siti», «MYU» yoki «Liverpul» uchun fojia bo‘lishi mumkin».

Konte darajasidagi murabbiyni taklif etishga qodir jamoalar sanoqli ekanligidan xulosa chiqarsak, «Tottenxem» so‘nggi 20 yil ichida sezilarli o‘sishga erishganligi ma’lum bo‘ladi. Lekin tutqich bermas sovrinlarni quvish davom etadi. Malakali murabbiy - muvaffaqiyat kafolati emas. Ammo u bilan hamkorlik qilish usiz ishlagandan yaxshiroq.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 13:13, 10.01.2022.
O'qildi: 1696 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.