"Barselona" hujumchisi Usmon Dembelening agenti Mussa Sissoko klub rahbariyatiga javob qaytardi.
"Cadena SER" tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchi yanvar oyida jamoani tark etmoqchi emas. U o‘z talabi asosida "Barsa" bilan shartnomani uzaytiradi yoki yozda jamoani erkin agent sifatida tark etadi.
«Barsa» esa Usmon bilan kamroq maoshli shartnoma imzolashni yoki uni yanvar oyida sotib yuborishni istayotgandi.