Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

FIFA “Buxoro” futbol klubiga transfer taqiqi belgiladi

FIFA “Buxoro” futbol klubiga transfer taqiqi belgiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Oldinroq FIFA Nizolarni hal etish palatasi “Buxoro” futbol klubi va klubning sobiq futbolchisi turkmanistonlik Rahat Japarov o‘rtasidagi nizoli vaziyat yuzasidan qaror chiqarib, klubga futbolchi oldidagi belgilangan qarzdorlikni to‘lash vazifasini yuklagan edi.

Dekabr oyida esa FIFA qaror asoslarini klubga yuborib, “Buxoro” futbol klubi zimmasidagi qarzdorlik to‘lovini belgilangan muddatda to‘lashi lozim ekanini yana bir bor ma’lum qildi. Agar oldindan belgilanganidek, qaror chiqqan sanadan boshlab 45 kun muddat ichida moliyaviy majburiyatlar bajarilishi ta’minlanmasa, klubga nisbatan milliy va xalqaro miqiyosda yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq qo‘yilishi bildirilgan edi.

FIFA mazkur qaror ijrosi ta’minlanmagani bois “Buxoro” futbol klubi uchun transfer taqiqini kuchga kiritdi. Endilikda “Buxoro” Rahat Japarov bilan bog‘liq nizoli vaziyatni hal etgachgina yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

Bunday taqiq shuningdek, ayni paytda Qarshining “Nasaf” klubiga ham tatbiq etilgan. FIFA “Nasaf”ni fransiyalik futbolchi Abdelaye Diakite bilan tuzilgan shartnoma shartlarini bajarmagan deb topib, ushbu jamoaga ham dekabr oyidan yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiq qo‘ygan.

O‘zPFL barcha futbol klublarini mahalliy yoki xorijlik futbolchi hamda murabbiylar bilan shartnoma tuzishda juda diqqatli bo‘lishga va tuzilgan shartnoma bandlariga to‘la rioya etishga, qarzdorlik masalalarini hamisha o‘z vaqtida bartaraf etishga chaqiradi.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 18:01, 15.01.2022.
O'qildi: 2138 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.